|
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetiBog'liq choriyeva manzura7777777 5-markazlar, Kodirova M, kimyoviy-texnologiyaning-jarayonlari-va-qurilmalari7
boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori pallalariga koʻtarildi. Ayni shu
jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm maqomlari va Fargʻona —
Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib keldi. Yevropa
musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan ilgʻor
yoʻnalish — "Are nova" namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F.
Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk
professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni
ijod qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin
tuzilishdagi kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki
mustaqil shakl va janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi,
ayniqsa lyutnya, klavesin va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va
musiqa nazariyotchilarining antik davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi
janrlar (mas, yunon tragediyasini "tiklash" jarayonida — opera), koʻp ovozli
musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi, keyinchalik gomofoniya uslubi k,aror
topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh qilindi, notalar chop etilishi joriy
etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi musiqa nazariyasi (Tinktoris, J.
Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda yangi milliy va mahalliy
kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y. Okegem, J. Depre),
fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar), ingliz
(Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim
(Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining
pirovardida Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga
qiziqish kuchayib, ingliz G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona
ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni
bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A. va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va
boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va boshqalar) mualliflarining
operalarida teranlashgan. Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi
hisoblanib, koʻpqirrali inson xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga
alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr namoyandalari antik drama tajribalaridan
foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini rivojlantirdilar, kundalik hayot
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakulteti
|