• Muhandislik grafikasi bo‘yicha
  • Mustaqil ta`limga tavsiya etiladigan mavzularning tahminiy rejasi




    Download 77,55 Kb.
    bet18/19
    Sana16.01.2024
    Hajmi77,55 Kb.
    #138457
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    1. umumiy o\'rta ta\'lim maktablarida tasviriy san`at o\'qitish tas
    navoiy va boburga tadbir, Kurs Ishi Boshlang\'ich matemetika, 28 Farida Hamroyeva 2 237-243, 296-Текст статьи-1290-1-10-20220116-1, Reja Raqobatning iqtisodiy mazmuni va shaklla nishining asosiy , 13577 2 2F81A7B6B169AA8E641BB89FCAD1245D95D18C90, 44-48, 296-Текст статьи-1290-1-10-20220116-1, Jumanazorov Shukurali Tashmamatovich-1, Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti nodi, 154 I son-21.12.1995-uz, 10-mavzu. Davlat va nodavlat moliyaviy muassasalari, 14-mavzu Dinning vujudga kelishi, diniy ta’limotlarning shaklla-kompy.info-1, Guliston davlat pedagogika instituti-fayllar.org-1
    Mustaqil ta`limga tavsiya etiladigan mavzularning tahminiy rejasi

    Tasviriy san’at bo‘yicha:
    1. Usta rassom va pedagoglarning qalamtasvir va grafika bo‘yicha yaratgan asarlarini tahlil qilish;

    2. Tasviriy san`atning asosiy qonun va qoidalarini namoyish etuvchi plakatlarni o‘rganish;
    3. Tasviriy san`atga oid maxsus adabiyotlarni mutolaa qilish;
    4. Tabiat qo‘ynida chiziqli va havo perspektivasini qo‘llagan holda qalamchizgi va qoralamalar ishlash;
    5. Rassomlar ustaxonalari, ko‘rgazma zallari va galereyalarga tashrif buyurish, hamda ulardan nushalar olish;
    6. Shakllarni chiziqli konstruktiv qurilishini tasvirlashga oid mashqlar bajarish (Geometrik shakllar misolida).
    7. Bosh suyagi yuz qismi bo‘laklarining o‘ziga hosligi va tuzilishiga oid tasvirlar ishlash.
    8. Tasviriy san`at fanidan o‘quv dasturi bo‘lim va mavzulari bo‘yicha ish rejasi tuzish.
    9. Namunaviy darslar uchun ko‘rgazmali qurollar tayyorlash va didaktik materiallar to‘plash. (ma`ruza matnlari tayyorlash, qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiyadan ko‘rgazmali qurollar tayyorlash).
    10. Kundalik mashg`ulot ish rejasini tuzish.

    Muhandislik grafikasi bo‘yicha:
    1. Chizmachilik bo‘yicha maktab dasturi, darsligi, standartlar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan tanishish.
    2. Yarim yillik jadvalli-mavzuli reja tuzish.
    3. Tanlangan mavzu bo‘yicha muammoli o‘qitish metodlaridan foydalanib dars bayonini tuzish.
    4. Chizmachilik darslarida ijodiy izlanish talab qiladigan masalalar tuzish.
    5. Grafikadan fakultativ mashg`ulot turlari va ularni tashkil qilish formalari.
    6. Chizmachilik kabinetini jixozlash.
    7. O‘qitishning zamonaviy metodlari.
    8. O‘qitish vositalari va ko‘rgazmali qurollar.
    9. Tanlangan mavzuga oid plakat va model yasash.
    10. Chizmachilikdan didaktik o‘yinlar.
    11. Chizmalarni bajarishda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan tipik xatolar.
    12. Model va plakatlardan foydalanish metodikasi.
    13. O‘qituvchining darsga tayyorgarligi va unga qo‘yiladigan talablar
    14. O‘qituvchi va o‘quvchi ish o‘rnini tashkil qilish.
    15. Umumta`lim maktablarida chizmachilikni chuqurlashtirib o‘rgatish.
    16. Chizmachilikdan to‘garak mashg`ulotlarini tashkil qilish.
    17. O‘quvchilarni aksonometrik proektsiya bajarishga o‘rgatish.
    18. O‘quvchilarda kesim va qirqimlar bajarish bo‘yicha bilimlarni mustaxkamlash usullari.


    Xulosa
    «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi» fanni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, pedagogik va axborot-komunikastiya texnologiyalari qo‘llanishi nazarda tutilgan. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda quyidagi ashyolar bo‘lishi zarur:
    Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasiga oid plakatlar, tasvirlash qonun-qoidalarini namoyish etuvchi plakatlar, o‘zbek va jahon san’ati namoyandalarining badiiy asarlaridan namunalar, inson skeleti va bosh suyagining namunalari, bakalavr va magistrantlarining bitiruv ishlaridan namunalar va b. bo‘lishi maqsadga muvofiq.
    Shuningdek, o‘quv uslubiy qo‘llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to‘la foydalaniladi. Etuk o‘zbek va xorijiy tasviriy san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jiqatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan qolda mashg‘ulotlar tashkil etish; talabalarga mashg’ulot o‘tishda milliy san’at namunalaridan foydalaniladi. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi
    Talabalarning tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi fani borasidagi amaliy bilimlari va malakalarini rivojlantirish, hamda individual ishlash uchun amaliy mashg‘ulotlar kichik guruhlarda olib borilishi zarur.
    “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi”ga oid bo‘lgan qadimgi rassomlarning ijodiy ishlaridan namunalar, ular asarlaridan reprodukstiyalar, hozirgi zamon akademik rangtasvir san’atiga oid namunalar, grafik reprodukstiyalar, kompakt disklar, talabalar ishlagan o‘quv mashq ishlari namunalaridan tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish kerak.

    Download 77,55 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 77,55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ta`limga tavsiya etiladigan mavzularning tahminiy rejasi

    Download 77,55 Kb.