12.4.-chizma. Aholi soni o’sishiningiqtisodiy muvozanatga ta’siri.
Aholi o’sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to’g’ri keladigan kapital (k=const) bo’lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo’ladi. Agar k11) k* ga qadar o’sadi. Agar k2>k*, unda investisiyalar ularning kritik darajasidan past va (k2) k* ga qadar pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo’lishi uchun investisiyalar sf(k) kapital chiqib ketishi va aholining o’sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini ko’rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y) o’zgarmas qoladi. Lekin aholi o’sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga mos sur’atda o’sishi kerakligini anglatadi: ya’ni:
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o’sishi – iqtisoiyotning barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o’sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o’sishi investisiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug’ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n1 ga o’sishi (d+n)k chizig’ini yuqoriga (d+n1)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi. Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o’sishining yuqori sur’atlarga ega bo’lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo’lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko’ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o’sishiga teng sur’atda o’sib boradi. Aholi sonining tez o’sishi iqtisodiyotning o’sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O’z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffisentini ko’tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o’sish sur’atiga ta’sir ko’rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o’sishning yagona sharti texnik taraqqiyotning o’sish sur’ati hisoblanadi.
|