• 12.8. Iqtisodiy o’sishning J.Mid va A. Lyuis modellari. J.Midning iqtisodiy o’sish modeli ham
  • 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va neoklassik modellari




    Download 29,87 Kb.
    bet10/11
    Sana28.01.2024
    Hajmi29,87 Kb.
    #147582
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.org

    Y* dk*
    dk*
    f(k*)
    C**
    k** k
    12.6.-chizma. Felpsning «oltin qoidasi» bo’yicha iste’molning barqaror darajasi.
    “Oltin qoida” darajasiga mos keladigan kapital bilan qurollanganlik holatida f(k*) ishlab chiqarish funksiyasi va dk* chizig’i bir xil og’maga ega va ist’mol maksimal darajaga erishadi.

    Agar iqtisodiyot “Oltin qoida” bo’yicha ega bo’lishi mumkin bo’lgan kapital zahirasidan ortiqcha kapital zahirasi bilan rivojlanayotgan bo’lsa, unda bu holatda jamg’arma me’yorini pasaytirishga yo’naltrilgan siyosatni amalga oshirish zarur. Jamg’arma me’yorining kamayishi iste’molning oshishi va unga muvofiq ravishda investisiyalarning pasayishiga olib keladi, demak kapital zahirasining barqaror darajasining pasayishiga ham olib keladi.


    Agar iqtisodiyot barqarorlik holatida “Oltin qoida” dagidan kam kapital bilan qurollanganlik bilan rivojlanayotgan bo’lsa, unda jamg’arma me’yorini oshirish zarur. Bu investisiyalarni oshirib iste’molni pasaytiradi, lekin kapitalning jamg’arilib borishi bo’yicha qandaydir vaqtdan boshlab yana o’sa boshlaydi. Natijada iqtisodiyot yana yangi muvozanat holatiga erishadi ammo oltin qoidaga muvofiq bo’lgan holda, bunda iste’mol dastlabkiga nisbatan yuqoriroq darajaga ega bo’ladi.

    12.8. Iqtisodiy o’sishning J.Mid va A. Lyuis modellari.
    J.Midning iqtisodiy o’sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy o’sishni chekli unumdorlik qonuni qo’llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
    U=αk+βL+r
    bu yerda Y-milliy daromadning o’rtacha yillik o’sish surati:
    k- kapitalning o’rtacha yillik o’sish sur’ati;
    L- mehnatning o’rtacha yillik o’sish sur’ati;
    α- milliy daromadda kapitalning ulushi;
    β- milliy daromadda mehnatning ulushi;
    r- texnik taraqqiyot sur’ati.
    Tenglama, milliy daromadning o’sish sur’ati milliy daromadda ega bo’lgan ulushi bo’yicha mehnat va kapital o’sish sur’atlarining yig’indisiga texnik taraqqiyot sur’ati qo’shilishidan paydo bo’lgan miqdorga teng bo’lishini ko’rsatadi.. Mehnat va texnik taraqqiyot o’sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o’sishning barqaror sur’ati kapital o’sishning barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o’sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapitalning o’sish sur’atlari milliy daromadning o’sish sur’atlaridan oshsa, unda bu jamg’arish sur’atlarining o’z-o’zidan pasayishiga olib keladi.
    J. Mid real holatda mehnatning va kapital jamg’arilishining o’sish sur’atlari o’rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o’sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o’sishi ro’y bermaydi, chunki ishchi kuchining o’sishi ortiqcha bo’lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o’sish sur’atlaridan tezroq o’ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo’ladi.
    A. Lyuis o’z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o’sishning asosi sifatida ko’rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo’l keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
    Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo’jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o’sish sur’atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo’lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
    Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o’z ishchilarining daromadlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko’maklashadi. Bunda tadbirkorlar o’sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o’sishga dinamik ta’sir ko’rsatadi.

    Download 29,87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 29,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va neoklassik modellari

    Download 29,87 Kb.