|
DYs= DK α , DK investisiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α
|
bet | 3/11 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #147582 |
Bog'liq 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.orgDYs= DK α , DK investisiyalar hisobiga ta’minlanganligi uchun tengikni:
DYs= I α deb yozish mumkin. , bunda,α – kapital quyilmalar( investisiyalar)ning chegaraviy unumdorligi. Agar bir yilda yalpi ishlab chiqarishni 1 mlrd. so’mga oshirish uchun 4 mlrd so’m investisiya talab etilsa α =0,25 bo’ladi.
α=DYs / I bir so’mlik investisiya hisobiga yaratilgan yangi mahsulot miqdorini ko’rsatadi.
2. Talab tenglamasi quyidagi ko’rinishga ega
DYd= D I ( 1/ μ) , bu yerda 1/ μ – xarajatlar multiplikatori,
μ–jamg’arishga chegaralangan moyillik.
Bu tenglama milliy daromad DYd, yoki yalpi talab qo’shimcha investisiyalarning multiplikativ ko’payishiga teng miqdorda o’sishini ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish to’plangan jami kapital bilan ta’minlanishi, milliy daromad esa qo’shimcha investisiyalarning multiplikativ ta’siri ostida ko’payishi sababli taklif tenglamasida jami investisiyalar, talab tenglamasida esa qo’shimcha investisiyalargina ko’rib chiqilaadi.
3. Daromadlar va ishlab chiqarish quvvatlarining qo’shimcha o’sish sur’atlari tengligi tenglamasi:
D I ( 1/ μ) = I α
Bu tenglamani yechib suyidagi natijani olamiz:
D I / I = μ α
(D I / I ) – investisiyalarning yillik o’sish sur’ati bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish yordamida to’liq bandlilikni ta’minlab turish uchun
(μ α) miqdorga teng bo’lishi kerak. Bundan xulosa shuki investisiyalarning mutanosib o’sish sur’atijamg’arishga chegaralangan moyillik va investisiyalarning unumdorligi ( kapital qaytimi) darajalarining hosilasi ekan.
Agar μ = 0,2 α=0,4 bo’lsa D I / I = 0,2* 0,.4 =0,08 yoki 8 %
Demakinvestisiyalarning o’sish sur’ati 8% bo’lishi talab etiladi.
Ye. Domar moddelidan kelib chiqadigan umumiy xulosa shuki iqtisodiy o’sishni ta’minlash uchun investisiyalar hajmini oshirish, bu uchun esa jamg’arish normasi hamda fan texnika taraqqiyoti orqali kapitalning samaradorligini oshirish zarur.
|
| |