|
Y= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko’rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K
|
bet | 6/11 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #147582 |
Bog'liq 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.orgY= f( L,K), funksiyaning kengaytirilgan ko’rinishi quyidagicha:
Y= (ΔY/ Δ L) L + (ΔY/ ΔK)K ,
bu yerda: ΔY/ Δ L- mehnatning chekli mahsuloti (MPL);
ΔY/ ΔK- kapitalning chekli mahsuloti (MPK).
Solou modeliga ko’ra yalpi ishlab chiqarish hajmi mehnat unumdorligini -bitta ishchiga to’g’ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini (y=Y/L) o’stirish hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Ayni paytda mehnat unumdorligi kapital bilan qurollanganlik darajasining k= K/L) funksiyasi, ya’ni
Bu yerda
Kapital (fond) bilan qurollanganlik darajasining o’sishi esa jamg’arish normasiga bog’liq.
f(k)
Y
C
MPK sf(k)
Y
I
K
12.1.-chizma. Bitta ishchiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish(Y) va talab (c+i) .
Modelda yalpi talab investision va iste’mol xarajatlari bilan belgilanadi deb olinadi.
Y = C + I
Davlat xarajatlari va sof eksport ko’rsatkichlari ham iste’mol va investisiyalar tarkibiga kiritib yuboriladi.
Daromad, shakllangan jamg’arish normasiga ko’ra, iste’mol va jamg’arishga. Ishlab chiqarish hajmi dinamikasi kapital ( kapital bilan qurollanganlik) hajmiga bog’liq. Kapital hajmi esa uning chiqib ketishi va investisiyalar ta’sirida o’zgaradi.
Investisiyalar kapital zahirasini orttiradi, chiqib ketish (amortizasiya) esa uni kamaytiradi.
Investisiyalar fond bilan qurollanganlik va jamg’arish normasiga bog’liq.. Bu iqtisodiyotda talab va taklif tengligi shartidan kelibchiqadi: I= sf(k). Jamg’arish normasi (s) k ning har qanday miqdorida mahsulotning investisiya va iste’molga bo’linishini belgilaydi:
Y = f(k), I= sf(k), S=(1-s)f(k)
12.6. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o’sishing barqaror muvozanat va iqtisodiy o’sishga ta’siri.
Investisiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini Δk=I-d, yoki investisiyalar va jamg’armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk ko’rinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi(k) investisiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo’lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib boraveradi. Shundan so’ng bitta ish bilan band xodimga to’g’ri keladigan kapital zahirasi ( fond bilan qurollanganlik) o’zgarmaydi (Δk=0).
Investisiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo’lgan sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo’ladi.
Muvozanat barqaror bo’lishiga sabab k ning dastlabkit miqdori qandayligidan qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning boshlang’ich
miqdori k* dan kam bo’lsa, yalpi investisiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori ( dk) dan ko’p bo’ladi va kapital zahirasi sof investisiyalar miqdoriga ko’payib boradi. Aksincha k2 > k bo’lsa, investisiyalar amortizasiyadan kamligini anglatadi.
I,dk
dk
sf(k)
k1 k* k2 k
|
| |