• G c = s , bu yerda
  • Gw = s / cr
  • Iqtisodiy o’sishning R. Xarrod modeli




    Download 29,87 Kb.
    bet4/11
    Sana28.01.2024
    Hajmi29,87 Kb.
    #147582
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.org

    12.4. Iqtisodiy o’sishning R. Xarrod modeli.
    Agar Ye. Domar o’z modelida investisiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor ded olgan bo’lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o’sish modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko’ra nafaqat investisiyalar ishlab chiqarishning o’sishini keltirib chiqaradi, balki ishlab chiqarish va daromadlarningning o’sgan hajmi ham investisiya jarayonlarining jadallashishiga olib keladi.
    R.Xarrod o’z modeliga uch tenglamani kiritadi:
    1)kafolatlangano’sish surti tenglamasi;
    2) haqiqiy o’sish sur’ati tenglamasi;
    3)tabiiy o’sish sur’ati tenglamasi.
    R Xarrod modelida haqiqiy o’sish sur’ati ishchi kuchining o’sish sur’ati va kapital unumdorligining o’sish sur’ati bilan belgilanadi.
    G c = s , bu yerda
    G - YaIMning haqiqiy qo’shimcha o’sish sur’ati; Δ Y/ Y;
    c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffisenti, I / Δ Y ;
    s– Milliy daromaddagi jamg’arish hajmi yoki jamg’arishga o’rtacha moyillik, S / Y;
    Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o’sish sur’ati bo’lgan kafolatlangan (prognoz qilingan) o’sish sur’atiga asoslanib o’z investisiya rejalarini tuzadilar. Kafolatlangan o’sish sur’ati jamg’arishga o’rtacha moyillik darajasini akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi:
    Gw = s / cr , bu yerda:
    Gw – kafolatlangan o’sish sur’ati
    cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffisenti ( qtgan yillardagi shakllangan darajasi);
    Bu ko’rsatkichlar doimiy bo’lganligi sababli kafolatlangan o’sish sur’atlari ham doimiy bo’ladi.
    Agar haqiqiy o’sish sur’ati kafolatlangan o’sish sur’atiga mos kelsa iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o’sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib bo’lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro’y beradi.
    Xarrod modelida resurslardan to’liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi mumkin bo’lgan maksimal o’sish sur’ati tabiiy o’sish sur’ati deb nomlandi.

    Download 29,87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 29,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy o’sishning R. Xarrod modeli

    Download 29,87 Kb.