12.2. Iqtisodiy o’sishga omillari va tiplari
Real ishlab chiqarish hajmlarining uzoq muddatli o’sishi sur’atlarini, ko’lamlarini, samaradorligi va sifati oshishini belgilovchi hodisa va jarayonlar iqtisodiy o’sish omillari deyiladi.
Iqtisodiy o’sish omillari ikki guruhga ajratiladi.
Birinchi guruh omillari ihtisodiy o’sishni fizik (ashyoviy) jihatdan ta’minlaydi. Bu guruhga ishlab chiqarish omillari kiritiladi:
tabiiy resurslar soni va sifati;
mehnat resurslari soni va sifati;
asosiy kapital hajmi;
texnologiyalar va ishlab chiqarishni tashkil etish;
jamiyatda tadbirkorlik malakalarining rivojlanishi darajasi..
Ikkinchi guruhga omillari jamiyatdagi iqtisodiy o’sish potensialini yuzaga chiqarish imkonini beruvchi omillar – talab va taqsimot omillari bilvosita omillar) kiritiladi:
bozorning monopollashuvi darajasini pasayishi;
iqtisodiyotdagi soliq muhiti;
kredit-bank tizimi samaradorligi;
iste’mol, investisiya va davlat xarajatlarining o’sishi;
eksport hajmining o’sishi;
iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarini qayta taqsimlash imkoniyatlari;
daromadlarni taqsimlashning shakllangan tizimi.
Agar o’sish qo’shimcha resurslarni jalb etish hisobiga ta’minlansa va jamiyatdagi resurslardan foydalanishning shakllangan o’rtacha samaradorligi darajasini oshirmasa ekstensiv iqtisodiy deb ataladi.
YaIMning o’sishi iqtisodiyotda band bo’lganlar sonidan yuqori sur’atga ega bo’lsa intensiv ihtisodiy o’sish ro’y beradi.
12.3. Iqtisodiy o’sishning keynscha modellarining umumiy tavsifi.
Domar modeli.
Iqtisodiy o’sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko’payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha:
ularning barchasi Keynsning yalpi talb to’o’risididagi bosh g’oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
iqtisodiy o’sishning asosiy omili investisiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o’sish modelidan soddarog’i 40-yillarda Ye. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestision lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi.
Ye.Domar investisiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investisiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko’rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o’sishi yalpi taklifning o’sishiga teng bo’lishi uchun investisiyalar qanday o’sishi kerak degan savol paydo bo’ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o’z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
taklif tenglamasi;
talab tenglamasi;
talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investisiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo’shimcha o’sishini ko’rsatadi . Agar berilgan sharoitda investisiyalar I o’ssa, yalpi ishlab chiqarish DK α miqdorga o’sadi:
|