|
12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va neoklassik modellari
|
bet | 5/11 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #147582 |
Bog'liq 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.orgGn cr = yoki ≠ s
Iqtisodiyotning barqaror dinamik muvozanati to’liq bandlilik sharoitida kafolatlangan va tabiiy o’sish sur’atlari o’zaro teng bo’lganda ta’minlanadi.Ammo bunday tenglikka davlatning faol aralashuvi orqaligina erishiladi.
12.5. R.Solouning neoklassik modeli asoslari.
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o’sishga erishishga intilishlari neoklassik yo’nalish vkillarini iqtisodiy o’sishning neokeynscha modellariga muqobil bo’lgan o’sish modellarini yaratishga faol kirishishga undadi.
Bu yo’nalish vakillari ( amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o’z resurslaridan potensial o’sishga erishish maqsadi to’laroq foydalanish imkonini berish uchun, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg’a surishdi.
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo’lib chekli (chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko’ra ishlab chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari ( omillarning qo’shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo’shimcha mahsulot) bilan belgilanadi.
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda”Iqtisodiy o’sish nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so’ngra 1957 yilda “Texnik taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi.
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o’sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi taklifning tengligi hisoblanadi.
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan ifodalangan. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan foydalanilayotgan omillar hamda ularning o’zaro kombinasiyalari o’rtasidagi funksional bog’liqlikni aks ettiradi, ya’ni:
Y= f( L,K,N), modelda yuqori texnik rivojlanish bosqichida yerning kichik ahamiyatga egaligi tufayli ishlab chiqarish faqat mehnat resurslari va kapitalga bog’liq deb olingan.
|
| |