|
-chizma. Investisiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy muvozanatga tasiri
|
bet | 7/11 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 29,87 Kb. | | #147582 |
Bog'liq 12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.org12.2.-chizma. Investisiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy muvozanatga tasiri
. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi ( 12.2.-chizma).
Jamg’arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Jamg’arish normasining s1 holatdan s2 holatga siljishi investisiyalar egri chizig’ini yuqoriga s1f(k) holatdan s2f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi (12-3. -chizma).
I.dk
dk
s2f (k)
I’1
s1f (k)
dk1.I1
k*1 k*2 k
12.3. -chizma. Jamg’arish normasiningning iqtisodiy muvozanatga ta’siri.
Solou modeli jamg’arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o’ta muhim omili ekanligini ko’rsatadi.
Jamg’arish normasining o’sishi investisiyalar hajmining oshishini keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o’z navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko’tarilishiorqali , pirovard natijaga, ya’ni esa ishlab chiqarish hajmining (Y) ko’payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg’arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Ammo jamg’arish normasining ortishi qisqa muddatdli davrda, iqtisodiyot yangi barqaror muvozanat nuqtasiga yetgunga qadar , iqtisodiy o’sishni jadallashishiga olib keladi.
Jamg’arish jarayoni ham, jamg’arish normasining oshishi ham barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga ishlab chiqarish hajmining uzluksiz o’sishi mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan ikkinchi holatiga o’tilishini ko’rsatadi xolos.
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o’zgarmasligi hamda texnik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (n) sur’at bilan o’sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko’payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to’g’ri keladigan kapital zahirasi o’zgarishini ko’rsatuvchi tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada saqlab turish uchun investisiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg’arish normasi yuqori bo’lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o’sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o’zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
i,
(d+n)k
d+n)k
sf·(k1)
k1 k* k2 k
|
| |