• Texnologik taraqqiyotning barqaror muvozanatga ta’siri
  • Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o’sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi»




    Download 29,87 Kb.
    bet9/11
    Sana28.01.2024
    Hajmi29,87 Kb.
    #147582
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    12-Mavzu. Iqtisodiy o’sishning umumiy tavsifi. Neokeynscha va ne-fayllar.org

    12.7. Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o’sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi».
    . Neoklassik nazariyada texnik (texnologik) taraqqiyot deganda ishlab chiqarishning mashinalashtirilishi emas, balki, ishlab chiqarishdagi sifat o’zgarishlari (ishchilarning ma’lumot darajalari va malakalarining o’sishi, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yaxshilanishi, ishlab chiqarish ko’lamining kengayishi) tushuniladi.
    Modelga texnik taraqqiyotning kiritilishi ishlab chiqarish funksiyasini o’zgartirib, u quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
    Y=f(K,L×E)
    Bu yerda(E)- mehnat birligi samaradorligi (ishchi kuchining salomatligi, ma’lumoti va malakasiga bog’liq):
    (L×E)- doimiy samaradorlik E ga ega shartli mehnat birliklari soni.
    E qanchalik katta bo’ls, mavjud ishchilar soni bilan shuncha ko’p mahsulot ishlab chiqarilishi mumkin.
    Texnik taraqqiyot mehnat samaradorligi(Ye) ning doimiy surat (g)bilan o’sishga olib keladi. Shuning uchun g =2% bo’lganda, mehnatning har bir birligidan qaytim yiliga 2% ga oshadi, bu esa ishlab chiqarish hajmining ishchi kuchi yiliga 2% o’sgandagi kabi o’sishiga olib keladi. Texnik taraqqyotning bunday shakli mehnatni tejaydi deyiladi, (g)– esa mehnatning tejaydigan texnik taraqqiyotning surati.
    Endi texnik taraqqiyot holatidagi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasini aniqlash mumkin. Agar bandlarning soni (L) (n) sur’at bilan oshayotgan bo’lsa, samaradorlik (Ye) esa (g)sur’at bilan o’sayotgan bo’lsa, unda (LE) (n+g) sur’at bilan oshib boradi.
    i,
    (d+n+g)k'
    ( d+n+g)k'

    sf·(k')
    k'* k'


    12.5.-chizma Texnologik taraqqiyotning barqaror muvozanatga ta’siri

    R.Solou modelida texnik taraqqiyot-turmush darajasi uzluksiz o’sishining yagona sharti ekanligini ko’rsatadi.


    Shunday qilib, R.Solou modeli iqtisodiy o’sishning 3 manbai-investisiyalar, ishchi kuchi soni va texnik taraqqiyot o’rtasidagi o’zaro aloqadorlikni yoritish imkonini beradi. Davlat iqtisodiy o’sishga jamg’arma me’yori va texnik taraqqiyotni jadallashtirish orqali ta’sir ko’rsatishi mumkin.
    Iste’mol hajmi maksimal bo’ladigan kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasi “Oltin qoida”ga muvofiq keladi. “Oltin qoida” bo’yicha kapital bilan qurolanganlik k** bilan iste’mol esa- S** bilan belgilangan.

    Download 29,87 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 29,87 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik taraqqiyotning iqtisodiy o’sishga ta’siri. Felpsning «oltin qoidasi»

    Download 29,87 Kb.