(haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA
Nazariy ma`lumotlar:
Gimnastika turlari bilan shug`ullanishning organizmga ta`siri. O`z-o`zini nazorat qilishni bilish. Jismoniy mashqlar vaqtida ehtiyotkorlik choralari, o`z-o`zini muhofaza qilish. Sport bilan shug`ullanish vaqtida tibbiy nazorat.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar:
Buyumlarsiz mashqlar bajarish, egilishlar, burilishlar, o`tirib-turishlar, sakrashlar, aylanma harakatlar, raqs qadamlari. Buyumlar (arg`amchi, to`plar, gimnastik tayoqcha, gantellar, gardishlar va o`rindiqlar) bilan mashqlar. Gimnastik devorda mashqlar bajarish. Juft bo`lib mashqlar bajarish.
AKROBATIKA
Kuraklarda tik turish, oldinga o`mbaloq oshish, bo`sh va qo`llarda tik turish (sherigi yordamida). "Ko`prik" holatidan burilib cho`qqayib tayanish holatiga otish.
Mashqlar majmuasi. O`g`il bolalar - D.H -A.T. sakrab oldinga ikki marta o`mbaloq oshish - bosh va qo`llarda tik turish - cho`qqayib tayanish holatiga qaytish va orqaga o`mbaloq oshish, yuqoriga sakrab qo`llarni yonga kerish. Qiz bolalar: D.H.- cho`qqayib tayanib o`tirish.
- Ikki marta oldinga o`mbaloq oshib, orqaga dumalash bilan kuraklarda tik turish;
- oldinga dumalash bilan chalqancha yotish va shu holatda oyoq va qo`llarni bukib, "ko`priq" hosil qilish, o`ngga yoki chapga burilib, cho`qqayib tayanish holatiga qaytish va yuqoriga sakrab A.T qabul qilish.
|