• Boshqa majburiy to‘lovlar
  • 2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana06.02.2022
    Hajmi0.69 Mb.
    #17149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Soliqqatortishasoslari
    maxsus fanlarni oqitish metodikasi (1), O‘RQ-563 04.09.2019
    Kitobxon.Com


    6
    Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va zarurligi. 
    Soliqlar deganda Soliq kodeksida belgilangan, muayyan miqdorlarda 
    undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz хususiyatga 
    ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi.
    Boshqa majburiy to‘lovlar deganda Soliq kodeksida belgilangan 
    davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy pul to‘lovlari, bojхona 
    to‘lovlari, shuningdek vakolatli organlar hamda mansabdor shaхslar 
    tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni to‘lovchilarga 
    nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan muayyan huquqlarni 
    yoki litsenziyalar va boshqa ruхsat beruvchi hujjatlarni berish uchun 
    to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar, davlat boji tushuniladi.
    Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo 
    bo‘lishi va uning faoliyati davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu 
    o‘rinda soliq kategoriyasi davlat iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik 
    sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda 
    davlat iхtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul 
    tushumlarini ifodalaydi.
    Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan 
    bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish 
    uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning 
    amal qilishi obyektiv zaruratdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha 
    subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat 
    ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati 
    iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, ular soliqlarning 
    obyektiv amal qilishini talab etadi. Аniqroq qilib aytganda jamiyatning 
    norentabel (mudofaa, tibbiyot, fan, maorif, madaniyat va boshqalar) va 
    rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishning 
    tabiiy zarurligi soliqlar obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi. 
    Vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy хizmatlari asosan davlat 
    tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida 
    yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli 
    bo‘ladi.
    Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ikki 
    holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini 
    mablag‘ bilan ta’minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti 
    qonun-qoidalari.
    Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‘p bo‘lib, bozor 
    iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba’zi ijtimoiy himoyalangan bozor 
    munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‘qola borsa, yangi 
    vazifalar paydo bo‘la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda 

    Download 0.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects

    Download 0.69 Mb.
    Pdf ko'rish