Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda  ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish -




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
1

Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda 


ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy 
shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu 
mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir 
qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat 
korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar 
(vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga 
sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; 
davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) 
davlat mulkini bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali 
xususiylashtirish; 3) davlat mulkini bepul bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali 
xususiylashtirish (4-chizma). 
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o‘ziga xos jihati – bu 
uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (5-chizma). 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma 
shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini 
tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish 
vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy 
normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. 
O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondashuvning 
muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-
1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqichda 
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish 
korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Yengil, 
mahalliy sanoatga, transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik 
korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, 
yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida 
saqlab qolindi. 
1
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida/O‘zbekiston 
Respublikasi: qonunlar va farmonlar. – T.: O‘zbekiston, 1992, 65-b. 
Davlat mulkini 
xususiylashtirishning usullari 
Aholining ayrim ijtimoiy єatlamlariga 
bepul berish
Barcha jamiyat a’zolariga sotish 
Barcha jamiyat a’zolariga bepul 
bo‘lib berish 
Mehnat jamoalariga sotish 
Mehnat jamoalariga bepul topshirish 
Kim oshdi savdosida fuqarolarga 
yoki yuridik shaxslarga sotish
Mulkni bepul bo‘lib berish orqali 
xususiylashtirish
Mulkni sotish orqali xususiylashtirish 



Download 449.9 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda  ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish -

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish