• Mulk subyekti
  • Mulkchilik munosabatlari
  • Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
    3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va 
    subyektlari 
    Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan 
    birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. 
    Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat 
    boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 


    Shunday ekan, mulkchilik munosabatlari - bu mulkka egalik qilish, foydalanish, 
    tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. 
    Mulkka egalik qilish mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va yaratilgan 
    moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim hollarda mulkka egalik 
    qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida 
    bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan foydalanish – 
    bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-
    mulkni o‘zlashtirish yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun 
    ishlatilishini bildiradi. Mulkni tasarruf etish - bu mol-mulk taqdirining mustaqil hal qilinishidir. 
    U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish kabi hollar orqali ro‘y beradi. 
    Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari (egalik qilish, 
    foydalanish, o‘zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu munosabatlar tavsifi nafaqat 
    alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli doirasida ham farqlanishi mumkin. 
    Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida 
    ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo 
    qiladi, shu sababli mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu 
    birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy tomoni egallaydi. 
    Agar mulk iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o‘zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda 
    foydalanilmasa yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida 
    qoladi. 
    Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari orqali iqtisodiy jihatdan 
    ro‘yobga chiqariladi. 
    Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga nisbatan faqat 
    bo‘ysinuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab chiqarish vositalariga ma’lum 
    huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab 
    chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli 
    mulkchilikning huquqiy normalari (egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy 
    munosabatlarning aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. 
    Xuquqiy normalar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini muhofaza qilish 
    zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan u tovar ishlab chiqarish sharoitida 
    mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, 
    tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, 
    ayirboshlash munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
    imkoniyati paydo bo‘ladi. 
    Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy normalari, birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va 
    yaratilgan moddiy ne’matlarning muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, 
    ikkinchidan, mulk egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan 
    mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
    Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo‘lishini shart qilib qo‘yadi. 
    Mulkka aylangan barcha boylik turlari mulkchilik obyektlaridir. Mulk obyekti bo‘lib, inson 
    yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat 
    qilishi qobiliyati - ishchi kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo‘g‘in - bu ishlab 
    chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki bo‘lsa, ishlab 
    chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. 
    Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil, ya’ni ishlab 
    chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli darajada va turli shakllarda 


    amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk subyektlari vujudga keladi. Mulk subyekti 
    jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqeiga ega bo‘lgan, mulk obyektini o‘zlashtirishda 
    qatnashuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa 
    ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi. Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham mulkchilik subyekti 
    bo‘lib chiqadi. 
    Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va huquqlarini yanada 
    yaqqolroq tushunish mumkin. Mulkchilik munosabatlari – bu mulk obyektini o‘zlashtirish 
    bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir. Bu qoidani quyidagi tasvir orqali 
    ifodalash mumkin: 

    Download 449.9 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni. Mulk obyektlari va

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish