• Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
  • Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet7/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
    Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti resurslarga xususiy mulkchilik, iqtisodiy 
    faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni tartiblashda va uyg‘unlashtirishda 
    bozor mexanizmidan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday tizimda uning ham bir 
    qatnashchisining xulq-atvori shaxsiy manfaatiga asoslanadi, har bir iqtisodiy birlik, alohida qabul 
    qilingan qarorlar asosida, o‘zlarining daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladi. 
    Bozor tizimi yordamida alohida qabul qilingan qarorlar uyg‘unlashtiriladi. Raqobat sharoitida 
    tovarlar (xizmatlarning) ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni bildiradiki, har bir 
    mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat qiluvchi xaridor va sotuvchilari mavjud 
    bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. 
    Shu sababli davlatning roli, xususiy mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilinishi 
    yengillashtiruvchi ishonchli huquqiy tartiblar o‘rnatishdan iboratdir.
    Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti. Hozirgi davrda real hayotda bozor iqtisodiyoti sof bozor 
    mexanizmi va rejali iqtisodiyot unsurlarini mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, 
    tadbirkorlikning turli yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini sotsial 
    himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSH iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin bozor 
    iqtisodiyotdan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi. 
    Birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol o‘ynaydi. Bu 
    iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, bozor tizimi yetarli darajada ishlab 
    chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan 
    ta’minlashda, daromadlar taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi. 
    Ikkinchidan, sof kapitalizmdan farq qilib amerika iqtisodiyotiga yirik korporatsiyalar va kuchli 
    kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy tashkilotlar mavjud. 
    Bu yerda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor tizimiga suyanish, 
    ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi 
    mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki 
    mulkchilik xususiy bo‘lib qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va 
    markazdan boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik 
    Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir vaqtda iqtisodiy 
    faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida 
    ham 90%dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy 
    barqarorlikni ta’minlash va daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda 
    Xitoy Xalq Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
    rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan qo‘llanilib, 
    barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. 

    Download 449.9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish