• Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil etadi (1- chizma).
  • va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
    va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish 
    usulini tashkil etadi.
    Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina o‘zaro aloqada 
    bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida ishlab chiqarish 
    munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, milliy, 
    oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana 
    shularning yig‘indisi jamiyatning ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va 
    ustqurmaning boshqa elementlari ham faol rol o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab 
    chiqarish munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham aks ta’sir 
    ko‘rsatadi. 
    Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyani tashkil 
    etadi (1-chizma).  
    1-chizma. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy tuzilishi. 
    Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya 
    Ishlab chiqarish usuli 
    Ustqurma 
    Ishlab chiqarish 
    munosabatlari 
    Ishlab chiqarish 
    vositalari 
    - mulkchilik
    - ishlab chiqarish 
    - taqsimot 
    - ayirboshlash 
    - iste’mol munosabatlari va 
    boshqalar 
    siyosiy, huquqiy, 
    mafkuraviy, 
    milliy, oilaviy va 
    boshqa ijtimoiy 
    munosabatlar 
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar 
    Ishchi kuchi 


    Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari 
    mustaqil, alohida tizimni tashkil qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek 
    ustqurma bilan ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos 
    ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos keluvchi ishlab 
    chiqarish usulini belgilab beradi. 
    Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab chiqarish 
    usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ajralib turadi. 
    Ishlab chiqarish usullari almashinishining klassik namunasi Yevropada namoyish qilingan 
    deb hisoblanadi. Yevropa hududida bir-biri bilan almashinib, ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodal va 
    kapitalistik munosabatlar izchil tarkib topdi. Boshqa qit’alarga kelganda esa, bu yerda 
    kapitalizmgacha bo‘lgan davrda mana shu marralarning hammasi aniqroq qayd etilgan. Osiyo, 
    Afrika, Avstraliyada Yevropa mustamlakachiligining ta’siri seziladi. Adabiyotlarda Osiyocha 
    ishlab chiqarish usuli deb atalmish usul haqida ham qayd qilinadi. Bu usulning shakllanishida 
    mamlakatlarning katta turkumiga xos bo‘lgan ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
    munosabatlarining sug‘orish tizimlarini markazlashtirilgan tarzda tartibga solib turish va 
    davlatning ana shu sharoitlarda alohida roli bilan bog‘liq sifat xususiyatlari aks etadi. 
    Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi 
    sifatida o‘rganish ham muhim o‘rin tutadi. 
    «Sivilizatsiya» so‘zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy degan ma’nolarni anglatadi. Bu 
    tushuncha fanga fransuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan 
    bo‘lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo‘lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo‘llanilgan. Umuman 
    olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning 
    oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.
    Jamiyat taraqqiyotini sivilizatsiya nuqtai-nazaridan o‘rganishda sivilizatsiyalarning 
    almashuvi nazariyasi muhim o‘rin tutadi. Bu nazariya tarafdorlari quyidagi 7 ta bosqichdan iborat 
    sivilizatsiyani ajratib ko‘rsatadilar: 
    davomiylik muddati 30-35 asrni o‘z ichiga olgan neolit davri;
    davomiylik muddati 20-23 asrni o‘z ichiga olgan sharqiy quldorlik davri (bronza asri); 
    davomiylik muddati 12-13 asrni o‘z ichiga olgan antik davr (temir asri); 
    davomiylik muddati 7 asrni o‘z ichiga olgan erta feodal davri;
    davomiylik muddati 4,5 asrni o‘z ichiga olgan industrlashishdan oldingi davr;
    davomiylik muddati 2,5 asrni o‘z ichiga olgan industrial davri; 
    davomiylik muddati 1,3 asrni o‘z ichiga olgan yuqori industrlashish davri.
    Bu qayd qilingan bosqichlardan ko‘rinib turibdiki, ushbu nazariyada turli qarashlar va 
    yondashuvlarni aralashtirish holatiga yo‘l qo‘yilib, jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini ajratishning 
    aniq bir mezoni yoki belgisi mavjud emas.
    Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga texnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim xisoblanadi. 
    Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ko‘lami va tavsifini 
    yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli texnologik usullarini tahlil etish, 
    mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur 
    deb hisoblaydilar. 

    Download 449.9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    va ishlab chiqarish munosabatlari muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish