• An’anaviy iqtisodiyot
  • Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet6/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
     
    2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari
    Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – 
    iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan 
    birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
    Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning 
    rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi 
    rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot
    ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. 
    An’anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi 
    davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-
    odatlar, udumlarga, an’analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki 
    mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni 
    taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola 
    (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq 
    ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular 
    an’analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy 
    faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi. 
    Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki iqtisod muammosini hal qilishning bir xil va umum tan 
    olingan yechimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, 
    qarama-qarshi mafkuraviy qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni 
    hal qilish uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
    Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim 
    ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti 
    hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy aniqrog‘i davlat mulkchiligining 
    hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul 
    qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va 
    taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy 
    boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 


    Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim bozor iqtisodiyoti tizimidir. 
    Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin raqobatga asoslangan 
    klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. 
    Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi 
    deb ham yuritiladi. 

    Download 449.9 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish