Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga 
asoslangan kooperatsiyadir. Fabrika ichidagi mehnat taqsimoti tamomila mashinalarning 
vazifalari bilan belgilanadi.
Fan-texnika, texnologiya va axborot tizimidagi o‘zgarishlarga qarab R.Aron, Dj. Gelbreyt, 
U.Rostou 
va 
boshqa 
olimlar 
jamiyat 
taraqqiyoti 
bosqichlarini 
uch 
bosqichga: 
industrlashgangungacha bo‘lgan jamiyat, industrlashgan jamiyat, yuqori industrlashgan yoki 
axborotlashgan jamiyatlarga bo‘lib o‘rganishni tavsiya etadilar. 
Bunda ular industrlashgangungacha bo‘lgan jamiyatning asosiy belgilari sifatida: a) 
aholining asosan qishloq xo‘jaligi bilan bandligi; b) qo‘l mehnatining hukmronligi; v) mehnat 
taqsimotining juda sayozligi (dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik, savdo, boshqaruv va 
boshqalar); g) natural xo‘jalikning hukmronligini ko‘rsatadi. 
Jamiyat taraqqiyotining ikkinchi muhim bosqichi industrlashgan jamiyatning asosiy 
belgilari deb: a) ishlab chiqarishning mashinalashganligi; b) sanoatning fan-texnika yutuqlari 
asosida rivojlanishi, unda ishchilar sonining ko‘payishi; v) shahar aholisining qishloq aholisiga 
qaraganda ko‘payishi va boshqalar. 
Taraqqiyotning uchinchi muhim bosqichi yuqori darajada industrlashgan jamiyatning asosiy 
belgilari: a) xizmat ko‘rsatish sohasining yuksak darajada rivojlanishi; b) ishchi kuchining asosiy 
qismi (60-70%) shu sohada band bo‘lishi; v) fanning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanishi, 
fan xodimlarining va malakali mutaxassislar rolining oshishi; g) iqtisodiyotning hamma sohalarida 
va kundalik hayotda axborot va hisoblash texnikalarining keng qo‘llanilishi; d) tovarlar va 


xizmatlar sifatiga putur yetkazmasdan iqtisodiy resurslarning hamma turlarini tejash imkonini 
beradigan yangi texnika va texnologiyalarning keng qo‘llanilishi va boshqalar. 
Biz yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, texnika va texnologiyadagi o‘zgarishlar jamiyat 
taraqqiyotida asosiy rolni o‘ynaydi va tashkiliy, boshqaruv tizimlarining, ishchi-xizmatchilar 
tarkibining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keladi. Lekin bu texnik 
o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab 
bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va ularning xarakterini bilishda ham texnik ham ijtimoiy-
iqtisodiy o‘zgarishlarning birgalikda olib, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik 
aloqadorlik va ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan taraqqiyot qonunlarini o‘rganish zarurdir. 
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-iqtisodiy 
munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko‘rish mumkinki, bir necha ming yillab rivojlanmay 
yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo‘jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan 
gurkirab o‘sib ketdi. 
Texnika taraqqiyotining hamma bosqichlari ya’ni oddiy kooperatsiya, manufaktura, 
mashinalashgan ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori darajadagi industrlashgan, 
axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300 yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan 
davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham keyingi paytda ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat 
taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar. 

Download 449.9 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yirik mashinalashgan ishlab chiqarish mehnat taqsimoti hamda mashinali mehnatga

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish