2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston 
iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo‘naltirilgan. Iqtisodiy 
nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini 
jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx 
belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat 


aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor 
korxonalarni va past likvidli obyektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida 
investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – 
beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston 
iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur 
korxonalarni 
modernizatsiyalash 
va 
barqaror 
rivojlantirish 
uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali 
mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich 
narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli 
obyektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini 
qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi.
Respublikada 
xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi 
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va natijaliroq 
qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z 
egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida, aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-
quvvatlashning turli xil dasturlari budjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z 
yordamchi xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi. 
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim xususiyatidir. 
Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni xususiylashtirishda mulkni bepul 
taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish 
imkoniyati yaratiladi. Bulardan asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor 
infratuzilmasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash 
dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga 
sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga 
xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi 
raqobatlashuvchi korxonalar barpo etishga ham sarflanadi. 
Navbatdagi muhim xususiyat – respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida 
aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi. Ijtimoiy kafolatlar bir butun 
imtiyozlar tizimi orqali yaratildi. Bular xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga 
aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy 
infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va 
shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar 
berish kabilardir. 
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari Birinchi 
Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning 
asosiy qoidalaridan kelib chiqadi. Bular quyidagilar: 
a) davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning ichki 
mantiqiga bo‘ysindiriladi va ularning asosini tashkil qiladi; 
b) mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi; 
v) xususiylashtirishni huquqiy-meyoriy jihatdan ta’minlashda qonunlarga rioya etiladi. 
«Davlat obyektlarini xususiylashtirishda biz uchun eng asosiy tamoyil, – deb ta’kidladi 
Prezidentimiz, – bu ishning ko‘zini biladigan, omilkor mulkdorlarni jalb etish, korxonalarni 


xaqiqiy egasiga, xususiylashtirilgan zavod yoki fabrikani modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash, jahon bozorida raqobatga bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil 
etishga qodir bo‘lgan mohir menejerlarga topshirish kerak. 
…Shunday natijaga erishishimiz kerakki, bizning pirovard maqsadimiz amalga oshsin – 
barcha korxonalarni o‘z ishi uchun qayg‘uradigan haqiqiy mulkdorlar, haqiqiy mulk egalari 
boshqarsin». 
Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa – davlat sektori bozor 
sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi. Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari
saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor 
sharoitlariga tarkiban moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish 
talab qilinadi. 
Prezidentimizning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf 
etishning yo‘llari va choralari» nomli asarlarida ta’kidlanishicha, mahalliy organlar va tarmoq 
tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va 
texnologiya asosida zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga 
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday korxonalar soni bugungi kunda 200 tadan oshib, ularning 
aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez 
o‘zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog‘i bilan 5-7 yilda, rivojlangan 
mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o‘zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni 
mazkur korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo‘li bilan tubdan o‘zgartirish darkor. Bu borada 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real 
sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 
Farmonida ko‘zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish,
modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining 
mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari muhim hisoblanadi. 
Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga 
sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko‘zda tutilgan: 
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qismini bank kreditlari 
tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish
2) bankrot korxonani auksion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli 
majburiyatni o‘z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish; 
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion 
majburiyat sharti bilan sotish. 
Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi 
xo‘jalik faoliyatini yo‘lga qo‘yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi. 

Download 449.9 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish