Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z 
egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. 
O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk 
o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir 
deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati 
cheklanmasligi ta’kidlanadi. 
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy 
tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik 
munosabatlarini rag‘batlan-tiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona 
daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida 
uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy 
mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni 
mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari 
asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona 
va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin. 
Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk 
alohida olingan obyektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi. 
 
5. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda 
asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A. 
Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun 
tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi»deb alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar 
mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa 
davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki 
deb hisoblangan mulk subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkga 
«hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarining shakllanishiga olib keldi. 
Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat 
sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham 
mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon 
sifatida qaralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 
yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara 
korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk 
bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 


Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning 
davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib 
olishidir.

Download 449.9 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy mulk – ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish