-chizma. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/16
Sana25.01.2023
Hajmi449.9 Kb.
#39387
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
ИН 2-мавзу маърўза матни
1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
5-chizma. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
jarayonini amalga oshirish bosqichlari. 
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik 
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni mulkchilikning boshqa 
shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar tizimi vujudga keltirildi. 
Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat korxonalari xususiy va jamoa 
mulki qilib berildi. Natijada 1997 yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi 
mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylarni 
xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki 
davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. 
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. 
Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi hamda 
ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki 
hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil 
qilindi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq 
turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida hamda kim oshdi 
savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi 
muassasalari barpo etildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama 
tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning 
bozorga taziyqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish 
va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda 
shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini 
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy 
mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan 
jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon 
hisoblanadi. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) 
xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha obyekt va korxonalar (jami 3146 
ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy 
vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, 
xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini 
oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish 
tadbirlarini amalga oshirish belgilandi. 
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - 

Download 449.9 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-chizma. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish

Download 449.9 Kb.
Pdf ko'rish