• Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
  • Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet11/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan 
    moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki 
    davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni 
    sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab 
    chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik 
    qiladi. 
    Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, 
    xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi. 
    Shaxsiy mulk – bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini 
    qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati 
    asosida ko‘payadi va rivoj topadi. 
    Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z 
    xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor 
    iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy 
    sohibkorlik daromadi kabi yangi manbaalarga asoslanadi. 
    Shaxsiy mulk obyektlari – bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul 
    jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik 


    faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar 
    bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda 
    ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik 
    faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining 
    mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk obyektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, 
    daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin. 

    Download 449.9 Kb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish