• Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat.
  • 2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet10/16
    Sana25.01.2023
    Hajmi449.9 Kb.
    #39387
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    ИН 2-мавзу маърўза матни
    1, ATOYEVA .G, Lesson-One-5-Day-Challenge-1, 8-mavzu lug‘at tarkibining shakl va ma’no munosabatlari jihatid-fayllar.org, Bozor muvozanati va uning ahamiyati, 1-dedline, Asilbek Maruza3, a. 4, algaritm aSADBEK 2, Alijonov, Asilbek amaliy1, BIO Oraliq nazorati - test HEMIS Student axborot tizimi
    Mulkchilik shakllari 


     
     
     
     
    3-chizma. Mulkchilik shakllarining tasniflanishi. 
    Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab 
    chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. 
    Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat 
    taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 
    Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan 
    mulk obyektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi: 
    1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 
    2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va 
    tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
    Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy 
    resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib 
    bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy 
    tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin. 
    O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va 
    ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, 
    havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika 
    xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, 
    budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki 
    hisoblanadi.
    Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari 
    mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi 
    korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari 
    kabilar mol-mulki bo‘ladi. 

    Download 449.9 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu. Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va mulkchilik munosabatlari reja

    Download 449.9 Kb.
    Pdf ko'rish