• Ikkilamchi kalit
  • 2-mavzu: ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositalari




    Download 349.18 Kb.
    bet3/6
    Sana11.01.2023
    Hajmi349.18 Kb.
    #37930
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    2-mavzu ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositala
    Amaliy mashg`ulot javoblari, bevosita Soliq turlari 9,21, Toshkent moliya instituti “moliya” mustaqil ta’lim topshiriqlari, dokumen.tips malumotlar-tuzilmasi-va-algoritmlar-asosida-nazariy-bilimlarini-hamda, Amaliy-Xorijiy-til-fransuz-tili-1, 1, Ingliz tili grammatikasi (M.G apporov R.Qosimova), AKT Mustaqil ish, axborot-va-undan-yoshlarning-foydalanish-xususiyatlari, FALSAFA O\'UM SIRTQI TA\'LIM UCHUN 2022-2023, ITT mustaqil ish 4, Tu`sindiriw xati, A`meliy jumis, Презентация1
    Jadval-munosabatning kaliti. Kortejlar jadval-munosabat ichida takrorlanmasligi zarur va ular tegishlicha yagona identifikator - dastlabki (birlamchi) kalitga ega bo’lishi kerak.
    Dastlabki (birlamchi) kalit atributdan tashkil topgan bo’lsa oddiy, bir necha atributdan tashkil topganda esa turli tarkibli deb ataladi. Munosabatda dastlabki kalitdan tashqari ikkilamchi kalit ham bo’lishi mumkin.
    Ikkilamchi kalit - mazmuni turli satr - kortejlarda takrorlanishi mumkin bo’lgan kalitdir. Ular bo’yicha ikkinchi kalitning bir xil mazmuni satrlar guruhi izlab topiladi.


    2.3. Munosabatlarning fundamental xususiyatlari.

    Munosabat (jadval)- doimiy sondagi o’zaro mantiqiy bog’langan atributlar (ustunlar) va o’zgaruvcha sondagi kortejlar(satrlar) to’plamidir.


    Munosabat matematik kontseptsiya bo’lib, ko’plikning ikki elementi orasidagi mosligidir. Shunday qilib, relyatsion modelning ildizi matematika sohasiga tegishlidir. Ammo bizning nuqtai nazarimizcha, munosabat bu ba’zi bir maxsus xossalarga ega bo’lgan jadvaldir. Relyatsion model-qiymatlarni tashkil qilishni jadval ko’rinishida ifodalashdan iborat.
    Relyatsion modeldagi relyatsion bog’langan ikki jadvallar orasidagi mantiqiy aloqalar jadval munosabatlarining bir xil o’ziga xos xususiyatlarining mazmun jihatidan tengligiga ko’ra o’rnatiladi.
    Jadvallarni bog’lashda bir jadvaldagi yozuvning bir yoki bir necha atributi ikkinchi jadvaldagi yozuvning bir yoki bir necha atributi bilan bog’lanadi. Bog’lanishda asosan kalit deb ataluvchi atributlar ishtirok etadi. Kalitlar birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin.
    Jadvallar orasidagi munosabatlarning to’rtta turi mavjud, ular: ‘birga-bir’, ‘birga-ko’p’, ‘ko’pga-bir’ va ‘ko’pga-ko’p’.
    Birga-bir munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir yozuvi boshqa jadvalning faqat bitta yozuviga to’g’ri keladi (mos keladi). Misol uchun, agar ikkita jadvalni ko’radigan bo’lsak, ulardan birida korxona ishchilari to’g’risida ma’lumotlar, ikkinchisida esa-pasport hujjati ma’lumotlari bo’lsa, u holda bu jadvallar orasida birga-bir munosabat mavjud. Chunki, bir jadvaldagi bir yozuv uchun ikkinchi jadvalda faqat bitta yozuv bo’lishi mumkin.
    Birga-ko’p munosabatning ma’nosi shuki, bitta jadvalning har bir yozuvi boshqa jadvalning bir necha yozuviga to’g’ri keladi (mos keladi). U MB da ko’p uchraydigan munosabatlar turidir. Berilgan munosabatlar turini ko’rsatish uchun, korxona mijozlari va ular bergan buyurtmalar to’g’risida ma’lumotlar bo’lgan jadvallarga murojaat qilishimiz mumkin. Boshqa misol sifatida korxona va unda ishlaydigan xodimlar orasidagi munosabatlar ko’rilishi mumkin. Ko’pga-bir munosabat avval ko’rilgan tur, birga-ko’p munosabat bilan o’xshash. Ob’ektlar orasidagi munosabatlar turi sizning nuqtai nazaringizga bog’liq.
    Misol, agar siz buyurtmalar va mijozlar orasidagi munosabatlarni ko’rsangiz, u holda ko’p-bir munosabatni olasiz.
    Ko’pga-ko’p munosabat ancha murakkab hisoblanadi. Ikkita jadvallar orasida ko’pga-ko’pga munosabat hosil bo’ladi, qachonki:

    • birinchi jadvaldagi bitta yozuv ikkinchi jadvaldagi bittadan ortiqroq yozuv bilan bog’lanishi mumkin bo’lsa;

    • ikkinchi jadvaldagi bitta yozuv birinchi jadvaldagi bittadan ortiqroq yozuv bilan bog’lanishi mumkin bo’lsa.

    Relyatsion modelda ko’pga-ko’p munosabat ko’pga-bir yoki birga-ko’p munosabat orqali bog’lanadi. Buning uchun qo’shimcha jadval tuziladi va bu jadval ikkita jadvalni bog’lashga xizmat qiladi.
    Masalan. Jadvallar orasidagi bog’lanishlarni ‘Xodim’ MB ning ba’zi bir jadvallari misolida ko’rib chiqamiz:
    2.2-jadval. Jadvallar orasidagi bog’lanishlar
    Lavozim

    Id

    Lavozim

    1

    M.n.s

    2

    S.p.s

    3

    P.s

    4

    Inj

    5

    Bosh inj


    Ikkilamchi kalit

    Birlamchi kalit


    Xodim

    id

    Familiya

    Lavozim

    Bo’lim

    Staj

    4781

    Soliev

    1

    1

    15

    5325

    Karimov

    2

    2

    12

    3120

    Olimov

    5

    3

    5

    1230

    Aliev

    4

    1

    8

    2138

    Ikromov

    1

    5

    2

    Bo’lim

    id

    Bo’lim


    Birlamchi kalit
    1

    SAPR

    2

    №5

    2

    laboratoriya

    Pasport

    id

    Seriya

    Raqam

    Jinsi

    Tug’.sana

    …….

    4781

    AA

    15574278

    E

    12/08/1998




    5325

    AA

    66931323

    E

    13/2/1998




    3120

    AA

    55742367

    E

    15/7/2000




    1230

    AA

    21345546

    E

    12/7/2005




    2138

    AA

    23469356

    E

    15/1/1992




    Jadvallardagi tushunchalar va bog’lanishlar quyidagicha:


    Jadval nomi:

    • ‘Lavozim’, ‘Xodim’, ‘Bo’lim’, ‘Pasport.

    • Atributlar:

    • ‘Lavozim’ jadvalida ‘id’, ‘Lavozim’.

    • ‘Xodim’ jadvalida ‘id’, ‘Familiya’, ‘Lavozim’, ‘Bo’lim’, ‘Staj’ va h-zo.

    • ‘Bo’lim’ jadvalida ‘id’, ‘Bo’lim’.

    • ‘Pasport’ jadvalida ‘id’, ‘Seriya’, ‘raqam’, ‘Jinsi’, ‘Tug’-sana’, ‘Ber-sana’, ‘Amal-sana’ va h-zo.

    • Birlamchi kalitlar:

    • ‘Lavozim’ jadvalida ‘id’.

    • ‘Xodim’ jadvalida ‘id’.

    • ‘Bo’lim’ jadvalida ‘id’.

    • ‘Pasport’ jadvalida ‘id’

    • Ikkilamchi kalitlar:

    • ‘Lavozim’ jadvalida yuk.

    • ‘Xodim’ jadvalida ‘Lavozim’, ‘Bo’lim’.

    • ‘Bo’lim’ jadvalida yuk.

    • ‘Pasport’ jadvalida ‘idyu

    • Bog’lanishlar:

    • Lavozim’jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Xodim’ jadvalining ikkilamchi kaliti ‘Lavozim’ ‘birga-ko’p’ bog’langan.

    • ‘Bo’lim’ jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Xodim’ jadvalining ikkilamchi kaliti ‘Bo’lim’ ‘birga-ko’p’ bog’langan.

    ‘Xodim’ jadvalining birlamchi kaliti ‘id’ va ‘Pasport’ jadvalining ikkilamchi kaliti ‘id’ ‘birga-bir’ bog’langan.



    Download 349.18 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 349.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2-mavzu: ma’lumotlarni relyatsion boshqarishning asosiy vositalari

    Download 349.18 Kb.