• 2.2-jadval
  • Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillar




    Download 71,6 Kb.
    bet10/12
    Sana28.05.2024
    Hajmi71,6 Kb.
    #255555
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi

    4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillar.


    Banlar faoliyatini tashkil etishning muhimligi va xarakteri bank oldida turgan aniq maqsad va vazifalardan kelib chiqadi. Bank jamg‘arma bank ko‘rinishida, ipoteka kreditlari instituti ko‘rinishida, trast banki, mayda kredit instituti ko‘rinishlarida tashkil etilishi mumkin va har bir holatda aniq imtiyozlar uning faoliyatidagi u yoki bu tashkiliy strukturaning shartlashuvi bo‘ladigan muhim omil bo‘ladi. Bank bo‘linmalarining tuzilishi uning ko‘rinishi yuzasidan o‘zgaradi deb aniq aytib bo‘lmaydi: bank bank bo‘lib qoladi va uning umumiy tuzilishi o‘zgarmas bo‘lib qoladi.


    Aksionerlik bankida (boshqa xususiy banklardan farkli ravishda) muhim rolni aksionerlar qiziqishlarini jamlaydigan Bank Kengashi egallaydi; ipoteka banklarida esa mol-mulkni baholash spetsifikasi muhimrok rolga ega; investitsiya banklarida esa loyihalarni moliyalashtirish bo‘limlari vujudga keladi; trast banklarida esa turli toifadagi mijozlarning mol-mulkini boshqarish bo‘limlari va hokazolar.

    2.2-jadval


    Banklarning tuzilishini tasniflash



    Guruhlash mezonlari

    Banklartuzilishi

    Mulkchilik shakli

    Davlat, aksionerlik, xususiy, sho‘‘ba, chet el

    Tashkillashtiruvning huquqiy
    shakli

    Ochiq aksionerlik jamiyati, yopiq aksionerlik
    jamiyati,

    Vazifaviy belgilash

    Emission, depozitlashgan, tijorat

    Operatsiyalarni amalga oshirish

    Universal, ixtisoslashtirilgan

    Xizmat ko‘rsatish sohalari

    Turli sohaviy, bir sohaga xizmat ko‘rsatish

    Hududiy filiallar mavjudligi

    Hududiy filiallarsiz, hududiy filiallari ko‘p
    bo‘lgan

    Xizmat ko‘rsatish sohalari

    hududiy, hududlar orasidagi

    Faoliyat miqyosi

    Kichik, o‘rta, yirik

    Maxsus belgilash

    Rivojlanish banklari, mahalliy, ipoteka

    O‘zarobog‘liqlik darajasi

    Bosh bank, bank filiallari

    Faoliyat foydasi

    Moliyaviy qiyinchilik belgilarisiz bo‘lgan bank;
    faoliyatida alohida kamchiliklarga ega bo‘lgan;
    jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan;
    juda jiddiy moliyaviy inqiroz vaziyatida turgan

    Bankning u yoki bu tashkiliy tuzilishi, shuningdek, normativ talablarni belgilashga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, bank nazorati organlari, bankni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida tegishli hujjatlar keltirilishini, shu qatorda bank boshqaruvining bosh organlari, tashkiliy jihozlar, yangi kredit faoliyati xarakterini aniqlash haqida kiritilgan shartnomalar, ustavlarni talab qiladi. Huquqiy me’yorlarga asosan qayta tashkil etilgan yuridik shaxslar bank nazorati organlariga ustavda kelajakdagi bo‘ladigan o‘zgarishlar, xususan, faoliyat sohasining bir qismidagi bo‘ladigan o‘zgarishlar, tashkilotning ichki yoki kapitalidagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot berib borishlari shart. YAngi bank tashkil etilganda ularning egalari bunda uning huquqiy shakli qanday bo‘lishini (aksionerlik, xususiy va hokazo), qanday tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilishi kerakligini (boshqaruv, bo‘limlar, sektorlar) aniq belgilab berishlari kerak.


    Banklarning qayta tashkillashuvi, uning sanatsiyasi, birikuvi va tugatilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki, bank faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan tashkiliy qayta qurish ichki va tashqi sabablar natijasida zarur bo‘lib qoladi.

    Download 71,6 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 71,6 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tijorat banklari tashkiliy tuzilishiga ta’sir qiluvchi omillar

    Download 71,6 Kb.