|
2. mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishi
|
bet | 11/12 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 71,6 Kb. | | #255555 |
Bog'liq 2.mavzu Tijorat bankining tashkiliy-boshqaruv tuzilishiTashqi omillar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
ayrim bank xizmatlari kon’yunkturasidagi o‘zgarishlar, ishbilarmonlik faolligining susayishi va pul bozorlaridagi murakkabliklar;
yangi boshqaruv tuzilmalarini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqaruvchi innovatsiyalarning, yangi bank mahsulotlarining rivojlanishi, kadrlar bilan ta’minlashni kuchaytirish;
bank mahsulotini samarasiz taklif etish va sotish oqibatida bank raqobatbardoshligining yo‘qolishi;
axborot ta’minoti va telekommunikatsiyalar sohasida bankni boshqarish jarayonida tub o‘zgarishlarni taqozo etuvchi texnologik o‘zgarishlar;
mijozlar farzlari, ularning bankdan ketishi, boshqa kredit institutlariga o‘tishi.
Ichki omillar. Bank boshqaruvini takomillashtirishni taqozo etuvchi ichki sabablarga quyidagilar kiradi:
yangi aksiyadorlar kelib qo‘shilishi hisobigabankning jadal rivojlanishi, bank mahsulotlari va xizmatlari raqobatbardoshligini oshirish va ular sotiladigan bozorlarni kengaytirish;
ko‘pincha shtatdagi xodimlar sonini o‘zgartirmasdan turib, moliya bozorlaridagi yangiliklarga tayangan holda vazifalar ko‘lamining kengaytirilishi;
bank biznesiningbarcha yo‘nalishlari bo‘yicha amaliyotlar hajmi ko‘payishi
oqibatida bank xodimlari yuklamasining ortishi;
qaror qabul qiluvchi shxslar vakolati cheklangani holda qaror qabul qilish jarayonining nomukammal, haddan ziyod uzoq davom etuvchi jarayonga aylanishi;
boshqaruv va rahbariyatning kuchsizligi;
bank xodimlari kasbiy malakasining pastligi, kadrlar qo‘nimsizligi;
bank rahbariyatida stress holatlarining, ishlab chiqarish mojarolarining ko‘pligi;
hududiy sotish bozorlarini o‘zlashtirish, filiallar ochish, sho‘‘ba kompaniyalarni joriy etish va boshqa ehtiyojlar.
Bank boshqaruv organlari tarkibidagi o‘zgarishlar muqarrar ravishda ular o‘rtasidagi munosabatlarga ta’sir ko‘rsatadi, shtat jadvalini o‘zgartirishga, qaror qabul qiluvchi shaxslar vakolatlarining qayta taqsimlanishiga olib keladi. Bu shuni anglatadiki qayta tashkil etish bank uchun zarur va foydali bo‘lgani holda yangi boshqaruv mexanizmini yaratish va sozlash bilan bog‘liq xarajatlar vaqt sarfi bilan bog‘liq muayyan muammolarni keltirib chiqaradi. Qayta tashkil etish har kuni o‘tkazilishi mumkin emas (bu o‘rinda har qanday ma’muriy mexanizmda odatiy hol bo‘lgan tuzilmaning qisman aniqlashtirilishi hisobga olinmaydi), qayta tashkil etish choralari ketma-ket amalga oshirilishi mumkin emas.
Boshqaruvning qayta tashkil etilishi bankning etarli darajada ongli va umumqamrovli strategiyasiga asoslanishi kerak. Bu o‘rinda strategiya va menejmentni bir-biriga zid qo‘yish o‘rinsiz; faqat har ikkalasi birlashgan holda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Bank-menejmenti, uning tashkiliy tuzilmalari sifati strategiya sifatiga mos kelishi bejiz emas. Fanda ham, amaliyotda ham mantiqiy to‘g‘ri ibora – strategik menejment atamasi paydo bo‘lgani bejiz emas. U o‘zida kredit tashkiloti rivojlanishi yo‘nalishlarini uzoq muddatli anglashga asoslangan boshqaruvni mujassamlashtiradi. Strategik bank-menejmenti deganda bankning tamoyilial ongli hatti-harakati, uning uzoq muddatli strategiyaga asoslagan ijroiya organlari harakatlari tushuniladi.
Bank faoliyat falsafasi odatda uning mahsulotlar bozoriga munosabati, bankning ushbu bozorning tegishli segmentidagi ulushi, faoliyat geografiyasi, mijozlar va biznes bo‘yicha sheriklar, eng muhim ijtimoiy vazifalarga talluqli bo‘ladi. Bank faoliyati falsafasi uning foydaga erishish omillariga yondashuvi, samaradorligi, tejamkorligi va rentabelligini belgilaydi. Bank strategiyasi va ushbu strategiyani joriy etish bo‘yicha bank menejmenti – bu bozordagi hatti-harakatlarga oid uzoq muddatli dastur, mustaqil va nihoyatda ijodiy ish, kelgusida rivojlanish maqsadlari va yo‘nalishlarini belgilovchi g‘oyalarni ishlab chiqarish va amalga oshirishni anglatadi.
Bank strategiyasini ifodalamasdan turib (faoliyat falsafasi belgilanmasdan) bank boshqaruvi organlari tuzilmasini shakllantirish, unda xodimlarning ishini tashkillashtirish mushkul ish. Umumiy masalalar hal qilinmagan taqdirda ijrochilar har kuni xususiy muammolarni hal qilishga majbur bo‘ladi. Amalda bu boshqaruv apparatining har kuni qayta tashkil qilinishiga sabab bo‘lishi, bank rahbariyati va xodimlarini o‘zlarining asosiy kasbiy majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itishi mumkin.
Bankning kutilayotgan qayta tashkil topishi yoki uning rivojlanish strategiyasining tuzilishi banking kuchli va ojiz tomonlarini har tomonlama va chuqur tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi. Bu kabi tahlil asosan faoliyatning asosiy ob’ektlariga: rejalashtirishga, boshqaruv nazoratiga, hisob yuritishga, kontrollingga, marketingga, xodimlarni boshqarishga yo‘naltiriladi.
Tahlil jarayonida vakolatlarni taqsimlash, o‘rnini egallash tizimi, qarorlar qabul qilish bo‘yicha amaldagi tartib samaradorligi aniqlanadi. Bankning kuchli va ojiz jihatlarini tahlil qilish bank hajmining qanchalik maqbulligi, uning huquqiy shakli bankning samarali faoliyat yuritishiga qanchalik ko‘maklashuvi, uning tarmoqlari (filiallari, vakolatxonalari, ishlayotgan mijozlar zallari, bankomatlari va h.z.lar) etarli ekanligini belgilaydi.
Banklarni tashkiliy tuzilmasining yangi varintini joriy etishda mutaxassislar jamoasi shakllantiriladi, va ularga odatda keng vakolatlar beriladi va u yoki bu modelga asos bo‘lgan g‘oyalar amalga oshiriladi. Tuzilgan mehnat jamoasi tuzimaviy bo‘linmalar tomonidan bajariladigan vazifalar doirasiga muayyan tuzatishlar kiritishi kerak. Bunda qo‘yilgan vazifalar bankning aniq bo‘linmasida vakolatli shaxslar doirasi va tegishli jihozlar borligiga moslashtirilgan bo‘lishi kerak. Bankda qarorlar qanday tarzda – individual ravishdami yoki jamoaviy tarzdami aniq begilab olinish muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab banklar uchun bu kabi qarorlar tamoyilial ahamiyatga ega. Bank bank faoliyatiga oid qarorlarni individual hal qilishga tayyorlagi va bunda uning shaxsiy mas’uliyati qanday bo‘lishini hal qilib olishi kerak. Jamoaviy qarorlar individual qarorlarga nisbatan yaxshi natijalarga olib kelishini ilmiy tarzda isbotlab bo‘lmasligi haqidagi fikrlarga qo‘shishish kerak va bunda shaxsiy qaror kollegial tarzda tasdiqlangani holda qabul qilingani ma’qul. U yoki bu tashkiliy model yakuniy ravishda joriy qilinguncha tuzatilishi kerak. Qayta tashkil etishni amalga oshirishda bank uning ishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani, nimalarni aniqlashtirish, tuzatish yoki bartaraf etish lozimligini tekshirib borishi shart. Bank tarkibi yangilanganda yangi ustavlar, buyruqlar, faromoyishlar paydo bo‘ladi yoki eskilariga (mavjudlariga) tuzatish kiritiladi.
Qator xorijiy banklar ishbilarmonlik ustavi va tashkiliy ustavni tuzish amaliyotini qo‘llaydi. Birinchisida umumiy qoidalar ko‘zda tutilgan bo‘lib unda bank maqsadlari va siyosati bayon qilinadi. Ishbilarmonlik ustavida rahbarlar va alohida tashkiliy tuzilmalar (shu jumladan, bank rahbari, bo‘lim, tijorai bloki, sarmoya bloki, aholida departamentlar, trast bo‘limi rahbarlari, ular joylashgan hudud va bajaradigan vazifalari ta’rifi keltiriladi, shuningdek xodimlar bilan ishlash, hisobot va tahlil bilan shug‘ullanuvchi boshqa bo‘linmalar qamrab olinadi). Ishbilarmonlik ustavida ishlarni boshqarish, kredit bo‘limi faoliyati va vakolatlari alohida ko‘rsatib beriladi. Hujjatda ish haqi, ta’tillar, ishdan bo‘shash, sotib olish va sotish, ijaraga olish, lizing, ko‘chmas mulkni soz holda saqlash, asosiy aylanma mablag‘lar va boshqalar bo‘yicha qoidalar ko‘zda tutiladi. Bu hujjatga turli bo‘limlar, bo‘linmalar va komissiyalar vakolatlari ilova qilinadi.
Qayta tashkil etishning amalga oshirilishi tuzilmaviy bo‘linmalarni tuzish samaradorligi ustidan puxta nazorat o‘rnatilishini taqozo etadi. Bunda boshqaruv organlari (bo‘limlar va bo‘linmalar rahbariyati), boshqaruv instrumentlari, shu
jumladan rejalashtirish, moliyalash tizimlari, xarajatlarning alohida moddalari bo‘yicha hisob-kitoblar nazorat ob’ekti bo‘lishi mumkin. Nazoratning alohida ob’ekti boshqaruv (qaror qabul qilish) jarayon hisoblanadi.
Nazorat jarayonida qayta tashkil etish natijalari aniqlanishi va baholanishi, bu boradagi tadbirlaroqibatlari tahlil qilinishi kerak. Bularning barchasi hisob yuritish sohsiga ham tegishli. Buxgalteriya faoliyati, operatsiyahisobining yuritilishi, xo‘jalik faoliyati tahlili, bank statistikasining yuritilishi bank faoliyatidagi tarkibiy o‘zgarishlar natijalaridan darak berishi kerak. Boshqaruv tarkibidagi o‘zgarishlar muqarrar ravishda xodimlar shtatiga ham talluqlidir. Bunda tashkiliy tuzilmaviy bo‘linmalardagi o‘zgarishlar oqibatida bank boshqaruvi apparati miqdori qanday o‘zgarganligini aniqlash muhim.
Qayd qilinganidek, bankning vazifasi o‘z tashkiliy tuzilmasini to‘g‘ri tashkil etishdan tashqari tuzilmaviy bo‘linmalarni tashkil etish bilan ham bog‘liq. Buning uchun bank quyidagilarni amalga oshirishi lozim: har bir bo‘linma vazifalarini belgilab olish; har bir bo‘linma vazifalarini bankning umumiy maqsadiga moslashtirish; bankdagi mavjud resurslar nuqtai-nazaridan tuzilmaviy bo‘linma o‘rnini aniqlash; biznesning ushbu turi uchun ajratiladigan resurslarning hajmini belgilash; bo‘linma oldiga qo‘yilgan vazifani hal etish bosqichlarini belgilab olish; vazifani hal etish vositalarini belgilash.
Ekspertlar fikricha, qisqa vaqt ichida tashkilotning mavjud tuzilmasi korxona strategiyasidan ustun turadi. Darhaqiqat, qisqa davrda birinchi o‘ringa kundalik muammolar va vazifalar chiqadi va ular go‘yoki hatti-harakat liniyasini belgilab beradi. Ammo bu hol tashkilot vazifalarining o‘zaro bog‘liqligini va bankning rivojlanish strategiyasini o‘zgartirmaydi. Maqsadlar vazifalardan ustun keladigan sharoitlarda bank kundalik va xususiy vazifalarni bank faoliyatining ratsionallashuvi, bankning korxona sifatidagi umumiy maqsadini hal qilish nuqtai nazaridan belgilaydi va amalga oshiradi.
Bankning alohida bo‘linmasi vazifalari bankning umumiy maqsadiga bog‘liq bo‘lishi kerak. Muvofiqlashtirishdabo‘linmaning qaror qabul qilishdagi vakolatlarini belgilash muhim rol o‘ynaydi. Buning uchun bankda lavozim yo‘riqnomalari ishlab chiqilib ularda xodimlarning aniq huquq va majburiyatlari, vakolatlari belgilab beriladi. Vakolatlar quyidagilar orqali belgilanishi mumkin:
ishbilarmonlik maqsadlari, bunda bo‘linma tomonidan bajariladigan ishlarning mutlaq hajmi, bir xodimga nisbatan ish hajmi, ishlarni bajarish uchun talab etiladigan xarajatlar belgilanadi;
vakolatlarning cheklanishi, bunda ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan faoliyat amaliyotlarni bajarishda shaxsiy qarashlar;
resurslarning muyyan hajmini ajratish; pul mablag‘larining cheklangan summasini o‘tkazish, xodimlarning qat’iy belgilagan sonini, maydon hajmini ajratish.
Bo‘linmalar ishini to‘g‘ri tashkil etish, u yoki bu yangi me’yorlar va qoidalarni joriy etish, mavjudlariga tuzatish kiritish uchun bank jiddiy tahlili ishni amalga oshirishi, bir necha bosqichni bosib o‘tishi kerak. Belgilangan vazifani bajarish bosqichlari.
Birinchi bosqich mehnatni samarali tashkil etishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni aniqlash va o‘rganish bilan bog‘liq. Ko‘pincha muammo bank faoliyatining kuchli va ojiz jihatlarini tahlil qilish bosqichida aniqlanadi va keyinchalik uni oydinlashtirishga quyidagilar ko‘maklashadi:
mehnatni tashkil qilish va xodimlarning o‘z vazifalarini bajarishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish;
bankning turli bo‘linmalari rhbarlarining individual baholari;
xodimlar o‘rtasida muntazam so‘rov o‘tkazish;
bankda ratsionalizatorlik ishini tashkil etish;
muammoni jamoaviy o‘rganishni rag‘batlantrish;
boshqa banklarda ishlash tajribasini o‘rganish, shakllangan tashkilotni boshqa kredit institutlari faoliyati bilan qiyoslash;
maxsus tahliliy guruhlar tomonidan amalga oshiriladigan keng qamrovli diagnostika.
Ikkinchi bosqichda muammoni hal qilish bo‘yicha xatti-harakatlar rejasi belgilanadi. Muammoni hal qilish maqsadi boshqa boshqaruv tuzilmalari tomonidan ham mohiyatiga ko‘ra, ham tadbirlar izchilligiga ko‘ra qo‘llab- quvvatlanishi kerak.
Uchinchi bosqich muammoni keltirib chiqargan sabablar tahlilini ko‘zda tutadi. Agar dastlabki ikki bosqichda muammo umumiy holda (birinchi bosqich) namoyon bo‘lsa va uning hal qilinishi bo‘yicha tamoyilial qaror qabul qilinsa (ikkinchi bosqich), ushbu bosqichda muammo to‘laligicha namoyon bo‘ladi, muammoli vaziyat batafsil ta’riflanadi va natijada hatti-harakatlar rejasi oydinlashadi.
To‘rtinchi bosqich kamchiliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar tizimini tahlil qilish orqali aniq masalalarni hal qilishda ustuvorlikni belgilash, masalalar echining ketma-ketligini aniqlash va belgilangan maqsadlarga erishish imkonini beradi.
Beshinchi bosqich eng ijodiy jarayon hisoblanadi. Bu erda g‘oyalar tug‘iladi, ular orasidan boshqaruv tizimini shaklantirish vazifasini hal qilish bo‘yicha umumiy vazifani eng samarali tarzda hal qilish yo‘llari aniqlanadi. Odatda, masala bir necha yo‘l bilan hal qilinishi mumkin. Ularning birini tanlash, qayta tashkil etish yo‘li haqida qaror qabul qilish – eng mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u sifatning chuqur baholanishini taqozo etadi. Bu o‘rinda ko‘p narsa kasbiy mahoratga va ish tashkilotchilari tajribasiga bog‘liq bo‘ladi.
Oltinchi bosqichda tanlangan variantlarning joriy etilishi ko‘zda tutiladi. Izchil ish jarayonida faoliyatni qayta tashkil etish asosida har bir avvalgi bosqichda asosiy tamoyillar va tashkilot qoidalarni ifodalash, ushbu qarorni qabul qilishga vakolatli bo‘lgan shaxslar roziligini olish mumkin bo‘ladi. Rahbariyat diapazoni – bitta hokimiyatga bo‘ysunuvchi lavozimlar sonini belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Rahbariyat lavozimlari har bir alohida holda individual tarzda belgilansada, ammo boshqaruv modeli tuzilishini aks ettiruvchi muayyan ko‘rsatkichlar mavjud. Bir hokimiyatga bo‘ysunuvchi lavozimlar soniga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
bank yoki uning bo‘linmasining xodimlar soni bilan belgilanadigan hajmi;
vakolatlarni berish darajasi (vakolatlar ko‘p hajmda berilgan taqdirda bankning yuqori rahbariyati yuklamasi kamayadi);
bankning oliy va o‘rta bo‘g‘in boshqaruvchilari malakasi va tajribasi (etarli darajada malakali rahbarlar bo‘lmasa ma’muriy yuklama kredit tashkilotining cheklangan tajribali xodimlari zimmasiga tushadi);
rahbarlarning xodimlar ishini o‘ziga bo‘ysundirish bo‘yicha sub’ektiv xohishi (odatda barcha ishlarga rahbarlik qilish, haddan tashqari markazlashuv maydalashuvga, rahbarlarning bankning korxona sifatida rivojlanishining strategik yo‘shalishlarini tushunishga vaqti etishmasligiga olib keladi).
Ettinchi bosqichda loyihaning amalga oshirilishi ustidan nazorat ta’minlanadi. Avvalgi ishlarning jiddiyligiga qaramay, loyiha davomida xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin (qoidalarning o‘zi munozarali tuyuladi, ularni amalga oshirishning muvofiqligi buzilishi; xodimlar vazifalarining qayta taqsimlanishi xato bo‘lishi va nihoyat muamolar tahlili oqibatida holat noto‘g‘ri baholanishi, tashxis noto‘g‘ri qo‘yilishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, loyihani amalga oshirish jaryonida tuzatish choralari, kiritilgan choralarni takomillashtirish, aniqlashtirish taqozo qilinadi.
SHuningdek, axborot belgilangan vazifani hal etish vositasi hisoblanadi. Axborotni to‘plash, qayta ishlash, baholash va uzatish keyingi paytda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Banklardagi axborot sarf-xarajatlar bandida ishlab chiqarishning to‘rtinchi omili deb tan olingan (ishlab chiqarish vositalari, materiallar va mehnatdan keyin). Ma’lumotlar bazasini tashkil etish, joriy va strategik vazifalarni hal etishda undan foydalanish qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yordam beradi. Axborotning ahamiyati nafaqat qarorlarni assosli qabul qilish, samaradorlik maqsadida faoliyatni tartibga solish imkoniga ega bank uchun, balki uning mijozlari uchun ham muhimdir. Hozirgi sharoitda banklar an’anaviy bank xizmatlariga qo‘shimcha ravishda axborot vositachisi markazi aylanmoqda.
Xulosalar:
Bank faoliyatini tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad bank tashkiloti maqsad va vazifalariga mos keladigan tashkiliy tuzilmalarni ishlab chiqish, tashkil etish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash hisoblanadi.
Bank faoliyatining o‘ziga xos xususiyati bankning zarur tarkibiy bo‘limlari va xizmatlari – bankni boshqarishning umumiy masalalari, tijorat faoliyati, mablag‘lari va uning faoliyatini avtomatlashtirish bilan shug‘ullanadigan bank Kengashi, Boshqaruvi, ma’muriyati, bo‘limlarini aniqlaydi.
Xorijiy va mahalliy amaliyotda bank tashkiliy tuzilmalarining liniyali va matritsali modellari keng tarqalgan. Modelni tanlash baank oldida turgan aniq maqsad va vazifalar, ixtisoslashuv turi va xususiyati, tashkil etish xususiyatlari, amaldagi me’yoriy talablarga bog‘liq.
Bankning tashkiliy tuzilmasi bankning rivojlanishi, faoliyat sohasi, ustuvor yo‘nalishlarning o‘zgarishi, yangi mahsulot va xizmatlarning rivojlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin hamda shart. Har qanday qayta tashkil etish tadbirlari bank faoliyatini takomillashtirishga qaratilishi, uning kuchli va zaif tomonlarining tahliliga tayanishi, tashqi muhit o‘zgarishlariga mos kelishi kerak.
Qayta tashkil etish tadbirlarini o‘tkazish ularni amalda ro‘yobga chiqarish samaradorligini har tomonlama nazorat qilishni ko‘zda tutadi. Boshqaruv organlari, qo‘llanilayotgan boshqaruv vositalari, qarorlar qabul qilish jarayoni nazorat ob’ektlari hisoblanadi.
|
| |