2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Maxsarning xalq xo„jaligidagi ahamiyatiga ta‟rif bering? 
2. Maxsarning ekin maydoni va hosildorligi? 
3. Maxsar va kungaboqarning o„xshash xususiyatlari nimada? 
4. Maxsarning qo„rg„oqchilikka chidamliligi? 
5. Maxsarning gullaridan nima ishlab chiqariladi? 
6. Maxsarning kunjarasi qayerda qo„llanadi? 
7. Maxsar oziq-ovqatda qaysi o„simlik o„rnida ishlatiladi? 
8. Maxsarni ekish muddati va me‟yori qancha? 
9. Hosili qanday yig„iladi? 
10. Qanday namlikda urug„lar saqlanadi? 
 
7.4. KUNJUT 
Ahamiyati. Kunjut eng qimmatli moyli ekinlardan biri bo„lib hisoblanadi. 
Uning urug„ida 48-63% moy, 16-19% oqsil va 16-17% azotsiz moddalar mavjud. 
Kunjut moyi yuqori sifatli o„simlik moyihisoblanadi. Uning moyi yarim 
quriydigan, yod soni 103-112 ga teng, sovitish usuli bilan olingan kunjut moyi 
iste‟mol uchun eng yaxshi moy hisoblanadi, konserva, qandolat mahsuloti
margarin tayyorlashda va tabobatda ishlatiladi. Qobig„idan tozalangan va urug„i 
maydalangan kunjutdan yuqori navli xolva tayyorlanadi (taxin xolvasi).
Kunjut kunjarasida 40% oqsil, 8% moy bo„ladi, u qandolat sanoatida keng 
qo„llanadi va mollarga oziq sifatida beriladi.
Tarixi. Kunjutning urug„i Misr faraonlarining piramidalarida topilgan. 
Kunjut moyi (sezam moyi) Aleksandr Makedonskiyning yurishlarida ko„p 
qo„llanilgan. Grek askarlari kunjut moyini badaniga surtib sovuqdan saqlanishgan. 
Ko„p olimlar kunjut Hindistondan tarqalgan deb hisoblashgan, chunki Hindistonda 
bu o„simlik qadimdan ekilib kelingan. Kunjutning kelib chiqishi to„g„risida olimlar 


338 
bir xil fikrda emas. Kunjutning vatani deb Janubiy Afrika, Janubiy Osiyo 
(Hindiston) e‟tirof etilgan. Janubiy Afrikada kunjut ko„p ekilmaydi, ammo eng 
ko„p turlarning soni shu mintaqada uchraydi: 35 ta turidan 28 tasi Afrikada 
uchraydi. Yovvoyi xolda ham sezam turlari faqat janubiy Afrikada uchraydi. 
Aksariyat xolda olimlarning ma‟lumotlari bo„yicha kunjut janubiy Afrikadan 
Efiopiya va Eritreya orqali Hindistonga o„tgan va shu hududda sharoit ma‟qul 
bo„lganligi tufayli keng tarqalgan. Hindistondan kunjut ikki yo„l bilan boshqa 
mintaqalarga tarqalgan. Birinchi yo„l - bu g„arb tomon: Afg„oniston, O„rta 
Osiyodan O„rta Yer dengiz sohillarigacha. Ikkinchi yo„l - Xitoy va Yaponiya, shu 
yerda juda ko„p mahalliy shakllari vujudga kelgan. Kunjut keng tarqalgan dala 
ekinidir. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Eron, Afg„oniston, 
Isroil, Sudan, Misr, Somali, Siam, Braziliya, Meksika, Gretsiya, Bolgariya, Italiya, 
Ispaniya, O„rta Osiyo, Kavkazda ekilmoqda.
Yer yuzida ekin maydoni 9,4 mln. ga ni tashkil qiladi. O„rtacha hosil 5,1 
s/ga, yalpi hosil 4,8 mln. tonna. O„zbekistonda so„nggi yillarda 3,05 ming. ga 
yerga ekilgan, o„rtacha hosil 4,1 s/ga bo„lgan. Suvli yerlarda 12-15 s/ga hosil 
beradi.
34

Download 7.59 Mb.
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish