2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Kunjutning kelib chiqish tarixi va tarqalishi? 
2. Kunjut eng ko„p ekiladigan qaysi davlatlarni bilasiz?
3. Kunjutning ekin maydoni qancha? 
4. Kunjutning xalq xo„jaligidagi ahamiyati? 


342 
5. Kunjutning issiqlikka bo„lgan talabi? 
6. Kunjutning yorug„lik va suvga bo„lgan talabi? 
7. Kunjutning amal davri necha kunni tashkil etadi? 
8. Kunjutning lotincha nomi? 
9. Kunjutning rivojlanish davrlari bilasizmi? 
10. Kunjutning tuproqqa bo„lgan talabi 
 
Pedagogik texnologiya 
“Muammmoli vaziyat” 
O„tilgan mavzu yuzasidagi ma‟lumotlaringizga asoslanib “Muammoli 
vaziyat” moyli o„simliklar orasida begona o„tlarning tarqalishi, zarari va bu 
vaziyatni oldini olish va ularga qarshi kurashish chora tadbirlari haqida mustaqil 
fikringizni bayon qiling.
 
“Muammmoli 
vaziyat” turi 
“Muammmoli vaziyat” 
sabablari 
Vaziyatdan chiqib ketish 
sabablari 
1. 
2. 
3. 
1. 
2. 
3. 
 
7.5. YERYONG„OQ (ARAXIS) 
Ahamiyati. Yeryong„oq (xitoy yong„og„i) - qimmatli moyli va oziq-ovqat 
o„simligidir. Yeryong„oq dunyoning juda ko„p mamlakatlarida jami 23,7 mln. 
gektar maydonda yetishtirilib, gektariga o„rtacha hosildorlik 1,4 tonnani tashkil 
etadi. Yetishtiriladigan eng ko„p mahsulot Hindiston, Xitoy va Amerika Qo„shma 
Shtatlarining ulishiga to„g„ri kelib, aynan shu mamlakatlarda yetishtirilgan 
mahsulotning 60-80% qayta ishlanadi. Dunyo bo„yicha eng yuqori hosildorlik 


343 
Xitoy (2,5-3,0 t/ga) va Amerika Qo„shma Shtatlarida (3,0-4,0 t/ga) qayd etilgan. 
Respublikamizda bu ko„rsatgich or„tacha 1,5-1,8 t/ga dan, ilg„or innovatsion 
yetishtirish texnologiyalari joriy etib parvarishlanganda, eng yo„qori hosildorlik 
3,7-4,1 t/ga tashkil etgan. 
Yeryong„oq urug„ining tarkibida 48-50% engil hazm bo„luvchi moy bo„lib, 
sanoatda undan hushta‟am “araxis” moyi ishlab chiqariladi. Yeryong„oq moyi 
mazasi bo„yicha zaytun moyidan qolishmaydi. Yeryong„oq moyidan turli sabzavot 
ekinlaridan yuqori sifatli konservalar va margarin tayyorlashda, qandolatchilik 
hamda parfyumeriya sanoatida keng qo„llaniladi. Birgina qandolatchilik sohasida 
yeryong„oq 60 dan ortiq mahsulotlar jumladan: is‟temol moyi, shokoladlar, 
pechene, xolva, kofe, konfet, muzqaymoqlar va boshqa mahsulotlar ishlab 
chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Yeryong„oq mag„zi tarkibida moydan 
tashqari 26-28% yuqori sifatli engil hazm bo„luvchi oqsil, mineral va vitaminlar 
mavjud. 
Yeryong„oq poyasi mineral va vitaminlarga boy bo„lib, to„yimliligi bedadan 
qolishmaydi. Yeryong„oq moyi ishlab chiqarish jarayonida ajratib olinadigan 
kunjarasining tarkibini 48 foizini oqsil va 8 foizini moy tashkil etadi. Bu esa 
bo„rdoqichilik, cho„chqachilik va parrandachilikda bebaho oziqa hisoblanadi. 
Bundan tashqari yeryong„oq kunjarasidan non mahsulotlari ishlab chiqarishda ham 
foydalaniladi. Yeryong„oq kunjarasi qo„shib tayyorlangan pechene va non 
mahsulotlari juda mazali bo„lib, narxi balandligiga qaramasdan haridorgir 
hisoblanadi. 
O„simlik qoldiqlari tarkibida katta miqdorda fosfor, kaliy mavjud bo„lib, 
tuproqni turli organik moddalar va minerallar bilan boyitadi. 
Uy sharoitida yong„oqlaridan ajratib olingan po„stlog„i chorvachilikda qish 
mavsumida yosh buzoqlar, sog„in va homilador sigirlar tagiga zax o„tkazmaslik 
uchun solinadi. Sanoatda esa, ushbu yong„oq po„stloqlaridan qurilish mahsulotlari 


344 
(DSP, shovqindan himoyalovchi izolyator vositalari) ishlab chiqarishda ham 
foydalanish mumkin.
35

Download 7.59 Mb.
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish