• Urug„ sifatiga agrotexnik tadbirlarning ta‟siri.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
    Ekologik sharoitining ta‟siri. Urug„ning sifat belgilariga ta‟sir etuvchi 
    omillardan muhimlari: harorat, o„simlikning o„sish davrida suv bilan ta‟minlanishi, 
    kunning uzun qisqaligi, tuproq xususiyati va boshqalar.
    Ko„pchilik olimlar, jumladan N.I. Vavilov, N.N. Kuleshov va boshqalar - 
    don ekinlari urug„chiligini yaxshi tuproq va iqlim sharoitlariga ega bo„lgan 


    63 
    tumanlarda tashkil qilishni tavsiya qilishgan. Har xil mintaqalarda o„tkazilgan 
    tajribalar shuni ko„rsatdiki, shunday sharoitlar bilan ta‟minlangan mintaqalarda 
    yuqori sifatli urug„ olish mumkin. Janubiy tumanlarda shimoliy tumanlarga 
    nisbatan yuqori sifatli va hosildorligi yuqori bo„lgan urug„ olish imkoni ham 
    tajribalarda tasdiqlangan.
    Urug„ning sifat belgilari va hosildorligi don ekinlari yotib qolganda 
    yomonlashadi, chunki bu ekinlar yog„ingarchilik ko„p
    bo„lgan vaqtlarda, azotli 
    o„g„itlar me‟yoridan ko„p berilganda, o„simlik qalinligi oshirib yuborilganda yotib 
    qoladi.
    Ekologik sharoitning urug„lik sifatiga kuchli ta‟sir qilishiga janubiy 
    mintaqalarda kartoshkaning aynishi misol bo„la oladi. Kartoshka urug„ining 
    aynishiga asosiy sabab - uni yetishtirish va saqlash sharoiti, o„simlikning biologik 
    xususiyatlarga mos kelmasligidir. Janubiy mintaqalarda kartoshkani yozda ekish va 
    tog„li zonalarda yetishtirish tavsiya qilinadi. Chunki, yozda ekilganda va tog„li 
    zonalarda yetishtirilganda uning tuganak tugishi bir xil haroratda (15-17 
    o
    C) 
    o„tadi.
    9
    Urug„ sifatiga agrotexnik tadbirlarning ta‟siri. Urug„ sifatiga o„tmishdosh 
    ekinlar katta ta‟sir ko„rsatadi. Boshoqli don ekinlari dukkakli-don va ko„p yillik 
    dukkakli o„tlardan keyin ekilganda hosilning oshishi bilan birga urug„lik sifati va 
    hosildorligi ortadi.
    Urug„ning sifat belgilariga urug„ning ekish me‟yori va ekish usullari ham 
    ta‟sir qiladi. Yoppasiga tor qatorlab ekiladigan don ekinlarida urug„ni ekish 
    me‟yorini oshirish bilan tuplanish darajasini kamaytirish mumkin. Bu 1000 ta 
    donning vazni va hosildorligini oshiradi. Bu xolda hosil asosiy erta paydo bo„lgan 
    poyalardan olinadi.
    Aksincha, ekish me‟yori kam bo„lib, o„simliklar siyrak joylashtirilsa bitta 
    o„simlikning tuplanish darajasi yuqori bo„ladi. Bunda hosil keyinroq o„sgan 
    poyalardan ham olinadi. Bu poyalarda boshoq va urug„ mayda bo„ladi. Shu sababli 
    9
     Vavilov P., Posypanov G. «Bobovye kul‟tury i problema rastitel‟nogo belka». М. Ros.izdat, 1983 


    64 
    umumiy hosilda har xil mayda urug„lar mavjudligi uchun olinadigan urug„ning 
    sifati pasayadi. Bunda har bitta o„simlikdan olingan hosil ko„p bo„lishi mumkin, 
    lekin gektardan olingan hosil kamayadi. Shuning uchun urug„lik maydonlarda 
    o„simlik qalinligi optimal bo„lishi kerak.
    Keng qatorlab ekiladigan don ekinlari (makkajo„xori, jo„xori) siyrak qilib 
    ekilganda har bir o„simlikning baquvvat o„sishi va rivojlanishi hisobiga ro„vaklari 
    katta va undan olingan urug„lar ham yirik, urug„likning sifat belgilari yuqori 
    bo„ladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish