• Maysalanish davri.
  • Javdarning tuplanishi.
  • Naychalash davri.
  • 2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/286
    Sana28.02.2023
    Hajmi7.59 Mb.
    #43838
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   286
    Bog'liq
    1.Osimlikshunoslik darslik
    individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
     
    Rivojlanish qonuniyatlari. Javdarda ham boshqa donli ekinlar singari 
    quyidagi davrlar bo„lib o„tadi: unib chiqish, tuplanish, maysalash, boshoq tortish
    gullash va pishish.
    Urug„ni unib chiqishi. Urug„ni unib chiqishi uchun suv, havo va issiqlik 
    muhim. Donga suv mikropil orqali o„tadi. Javdar urug„i o„rtacha 50-70% o„zining 
    quruq vazniga nisbatan suvni singdirish qobiliyatiga ega. Javdar urug„i past 
    haroratda unib chiqadi, lekin murtak ildiz rivojlanishi uchun 3,8 
    o
    C harorat zarur, 
    birinchi barg hosil bo„lishi uchun yuqori harorat talab qiladi. Birinchi bo„lib asosiy 
    murtak ildiz harakat qiladi va ildiz tuproqqa chuqur kirib borib suv va oziq 
    moddalarni tuproq eritmasidan oladi.
    Maysalanish davri. Kuzgi javdar urug„i 5-6 kunda, bahorgisi 7-8 kunda 
    ko„karib chiqadi. Murtakdan koleoptile o„sib chiqadi, uning ichida murtak bargi va 
    to„pguli rivojlanadi. Birinchi barg ko„rinishi bilan maysalanish davri boshlanadi 
    Birinchi barg siyoh rangda bo„ladi, koleoptileda antotsian pigmenti mavjud. Barg 
    aytarli darajada o„sib olganda, koleoptile nobud bo„ladi. Bargi tukli, tuk himoya 
    vazifasini o„taydi. Birinchi bor chiqqandan 2-7 kun o„tgandan so„ng, keyingi 
    barglar chiqadi. Barglarning o„sish paytida asosiy va yon kurtaklar shakllanadi, 
    poya bo„g„inlari rivojlanadi.
    Javdarning tuplanishi. Tuplanish bu biologik jarayon - o„simlik 
    rivojlanishida muhim davr, chunki hosilni belgilab beradigan asosiy a‟zolari 
    rivojlanadi. Kuzgi javdarda tuplanish davri 4-chi barg chiqqandan keyin 
    boshlanadi.
    Bu vaqtda birinchi murtak bargi yonlaridan barg qo„ltiqlaridan poyacha 
    paydo bo„ladi. Shu bilan birgalikda bo„g„im ildizlari ham rivojlanadi. Har bir yangi 
    poya o„zining ildiziga ega. O„rtacha javdar 6-8 yaxshi rivojlangan poya beradi.
    Naychalash davri. Birinchi bo„g„im oralig„ining 5-6 sm ga cho„zilishi va 
    pastki poya bo„g„imining tuproq ustki qismida paydo bo„lishi naychalash davri 
    boshlanishi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab poyalarning o„sishi tezlashadi
    boshoqchalarni rivojlanishi barg tilchasi ichida boshlaydi. Bu paytda asosiy barg 


    117 
    hosil bo„lishi yakunlanadi. Naychalash davri oxiriga kelib poya bo„yi naviga xos 
    bo„yiga ega bo„ladi.

    Download 7.59 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   286




    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

    Download 7.59 Mb.
    Pdf ko'rish