112
oziqlantiriladi. Sug„oriladigan yerlarning har gektariga 20 tonna go„ng, 180-200 kg
ta‟sir etuvchi modda hisobida azot va fosfor, hamda 80-100 kg kaliy o„g„itlari
berilishi lozim. Organik o„g„it fosfor va kaliyni hamda azotni 35-40 kilogrammi
birgalikda kuzda yerni haydashdan oldin dalaga sochiladi.
Arpaga yuqoridagi
miqdordi organik o„g„it yerga solish imkoniyati bo„lmasa, kuzda kamida 5 tonna
go„ng qo„llanilishi kerak. Namlik ko„p bo„lgan yerlarda arpani o„suv
davrida
(ayniqsa, o„simlik tuplanish va nay o„rash davrida) kamida ikki marotaba azotli
o„g„it bilan oziqlantirish hosildorlikni oshirishda katta ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Pivo sanoati uchun yetishtiriladigan arpa maydonlarida
kechki muddatda
oziqlantirish tavsiya etilmaydi. Aks holda donda oqsilning miqdori ortib, pivo
ishlab chiqarishga yaroqsiz bo„lib qolishi mumkin.