2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/286
Sana28.02.2023
Hajmi7.59 Mb.
#43838
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   286
Bog'liq
1.Osimlikshunoslik darslik
individual loyiha 1, ma\'naviyatshunoslik fanidan mustaqil ishi, 24,25-20 ТМО, Bo\'sh o`zlashtiruvchi
 
2.4. ARPA 
 
Ahamiyati. Arpani xalq xo„jaligidagi ahamiyati ma‟lum o„rinni egallab, 
asosan chorva mollari uchun ozuqa va pivobop navlari donidan pivo ishlab 
chiqarishda hamda yirik donli navlaridan oziq-ovqat sanoatida yorma 
tayyorlanadi. Pivo sanoati uchun arpaning donidagi oqsil kam bo„lishi va 
ekstraktiv quruq modda ko„p bo„lishi lozim 
Arpa jahon miqyosida kuzda va bahorda ekiladi. Kuzda ekiladigan navlari 
qishki sovuqqa chidamli bo„lib, bahorda ekiladigan arpaga nisbatan mo„l hosil 
beradi. O„zbekistonda arpa deyarli kuzda ekiladi. Odatda kuzda ekilgan arpa 
bahorda ekilganiga qaraganda erta pishib, hosilni o„rib-yanchib olinganidan so„ng 
(suvli yerlarda) takroriy ekin ekish uchun yer erta bo„shaydi. Bu esa ekilgan 
takroriy ekinlardan mo„l hosil olishga imkon yaratadi.
Arpa somoni chorva mollari uchun ozuqa sifatida keng qo„llaniladi. 
Sug„oriladigan dehkonchilik sharoitida arpani sof holda ekishdan tashqari, yana 
keng qatorlab ekilgan beda orasiga oz normada ekilib, arpa doni va beda hosili 
olish mumkin. Shuningdek, arpani sut pishishi davrida ko„k massasi o„rilib, chorva 
mollari uchun to„yimli ozuqa-senaj tayyorlash ham mumkin.
Tarixi. Arpa juda qadimiy ekindir. Arxeologik qazishmalar arpa dastlabki 
neolit davrida ekilib kelinganligidan dalolat beradi. Professor D.R. Xarlan arpa 
miloddan 7000 yil avval ekila boshlaganligini taxmin qiladi.
N.I. Vavilov va boshqa olimlar tarafidan arpaning quyidagi kelib chiqish 
markazlari aniqlandi.
1. Efiopiya (Abissiniya) markazi - barcha mavjud ikki, olti qatorli arpa 
turlari, doni qobiqsiz, qiltiqli tur xillari mavjud.


107 
2. Sharqiy-Osiyo (Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibet viloyatlari) markazi - 
past bo„yli, zich kalta boshoqli, kalta qiltiqli yoki qiltiqsiz shakllari, olti qatorli 
qiltiqli va qiltiqsiz o„simtali tur xillari mavjud.
3. Old Osiyo markazi - tabiiiy sharoitida vujudga kelgan boshog„ini rangi 
har xil, qiltig„ini uzunligi, boshoqning zichligi va boshoq o„zagini bo„g„inlarga 
bo„linishi bo„yicha turli shakllari mavjud.
4. O„rta dengiz (Janubiy Afrika, Misr, Tunis, Jazoir) Falastin, Siriyada - doni 
yirik, kasalikka chidamli oziq-ovqatda ishlatiladigan arpa turlaridan iborat.
5. O„rta Osiyo markazi - Tojikiston, Afg„oniston, O„zbekistonda issiqlikka, 
qurg„oqchilikka chidamli, kasalikka chidamsiz turlari ekilib - bu asosan yem-
xashak yo„nalishidagi arpa hisoblanadi.
6. Yevropa-Sibir markazi - tuproqni yuqori kislotaligiga chidamli arpa turlari 
ekiladi, bu asosan pivo pishirish sanoatining asosiy xom ashyosi hisoblanadi.
7. Shimoliy va Janubiy Amerika markazi - boshqa mintaqalardan keltirilgan 
turlari, bu mintaqa arpani kelib chiqishida eng yoshi hisoblanadi. Bu mintaqadagi 
arpa turlari yotib qolishga chidamli, erta pishar va kasalikka chidamliligi bilan 
ajralib turadi. Arpa ekini qadimiy ekinlardan biridir.
14
Markaziy Osiyo hududida qadim zamonlardan beri ekilib kelinganligi 
arxeologik qazishmalar natijasidan ma‟lum. 1954 yilgi arxeologik tekshirish 
natijalariga ko„ra, janubiy Turkmanistonning Joytun viloyatida topilgan arpa 
donining neolit davrida, ya‟ni miloddan 5000 yil avval ekilganligi isbotlangan.
Hozirgi vaqtda arpa ekini dunyoning ko„plab davlatlarida: Yevropa, Osiyo, 
Shimoliy Amerika, Lotin Amerikasi, Afrika, Avstraliya hududidagi ko„pchilik 
maydonlarda ekiladi. Arpa ekini maydoni jahon bo„yicha 67 mln. gektar atrofida 
bo„lib, bug„doy, sholi, makkajo„xoridan so„ng to„rtinchi o„rinni, O„zbekistonda esa 
donli o„simliklar orasida bug„doydan keyin ikkinchi o„rinni egallaydi. Arpa 
respublikamizning suvli va lalmikor yerlarida yetishtiriladi.
14
Vavilov P., Posypanov G. «Bobovye kul‟tury i problema rastitel‟nogo belka ». М. Ros.izdat, 1983 


108 

Download 7.59 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   286




Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi

Download 7.59 Mb.
Pdf ko'rish