• Suv ostida nafas olish
  • Kundalik hayotda gazlarning ahamiyati




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Kundalik hayotda gazlarning ahamiyati
    Atrofi mizdagi havodan nafas olamiz. Yoqilg‘i yoqish 
    va ko‘plab mashinalarning ishlashi uchun havo zarur. 
    Tabiiy gaz – gazning bir turi. Undan kundalik tur-
    mushimizda uyimizdagi isitish tizimlari va ovqatlar, non 
    mahsulotlarini tayyorlashda foydalanamiz. Gaz to‘liq 
    yonganda suv bug‘i va karbonat angidridga aylanadi. 
    Chala yonganda esa is gazi hosil bo‘ladi. Is gazi inson 
    hayoti uchun o‘ta xavfl i hisoblanadi. Tabiiy gaz hidsiz
    shuning uchun energiya kompaniya lari odamlar gaz 
    sizib chiqishini sezishlari, inson salomatligiga zarar yet-
    kazmaslik hamda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 
    unga hid qo‘shadilar. 


    20
    2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
    Kislorod ballonchalari yordamida shifoxo-
    nalarda nafas olish bilan bog‘liq muammo-
    lari bo‘lgan bemorlarga yordam ko‘rsatiladi.
    Parashyutda tushish davomida havo para-
    shyutni yuqoriga qarab ko‘taradi, shuning uchun 
    parashyutchi sekin va xavfsiz yerga tushadi. 
    Suv ostida nafas olish
    Suv ostidagi g‘avvosning fotosuratiga qarang. Uning orqa tomonidagi havo ballonchasini 
    ko‘ryapsizmi? U havo ballonchasidan suv ostida nafas olish uchun foydalanadi. G‘avvos 
    suv ostida deyarli bir soat qolishi mumkin. Nima deb o‘ylaysiz, shunday kichik havo ballon-
    chasi bir soat nafas olish uchun yetarlimi? 
    1. Is gazining tirik organizmlarga qanday ta’sirlarini bilasiz?
    2. Mashina ballonlariga havo me’yorida damlanishining sababi nima?
    Mashinalarning ruliga joylashtirilgan 
    himoya yostiqchalari xavfsizlik kamar-
    lari bilan birgalikda ishlashga mo‘ljallan-
    gan. Old va yon tomonlarida joylashgan
    havo yostiqchalari odatda avtomobil 
    to‘qnashuvlarida inson salomatligini as-
    rash uchun ochilishga mo‘ljallangan. 
    Havo yostiqchalari to‘qnashuv payti-
    da tananing yuqori qismi yoki boshning 
    avtomobil ichki qismiga urilish ehtimolini 
    kamaytiradi. 


    21
    2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish