22
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Bizning tanamiz juda ko‘p qattiq moddalardan iborat,
ammo ichimizdagi asosiy suyuqliklardan biri qondir. Har bir
odamda o‘rtacha 5 litr qon mavjud.
Asal – shirin va sekin oquvchan modda. Asalarilar
tomonidan
ularning uyalari ichida to‘planadigan suyuqlik.
Qum va kukun suyuqlikmi?
Qum va kukunlar idishning shaklini oladi, lekin ular
su yuqlik emas. Masalan, qopchalarga qum va kukunni
solsangiz, ular qop shaklini oladi.
Agar ularni qopdan
to‘kib tashlasangiz, suyuqlik kabi oqadi. Lekin har bir
qum va kukun zarrasi – qattiq modda.
Loy va mayonez suyuqliklarmi?
Ba’zi moddalarni suyuq yoki qattiq moddalar sifatida tasnifl ash
mumkin. Ularda moddaning ikkala
holat-xususiyatlari ham aks
etadi. Masalan, loy va mayonez – suyuqlik, lekin qattiq modda
namunasi ham bo‘lishi mumkin.
1. Suv, sut va yogʻ – hammasi suyuqlik. Yana qanday
suyuqlik nomlarini keltira
olasiz?
2. Yoqib qoʻyilgan sham suyuq holatga oʻtadi va ma’lum vaqtdan soʻng qotadi. Buni
nima bilan izohlay olasiz?
Barcha suyuqliklarning tarkibini suv tashkil
qilavermaydi. Ma salan, neft va simob tarkibida
suv yo‘q, lekin ular suyuqliklar. Sirtni namlash
uchun suyuqlik suv bo‘lishi shart emas. Ma-
salan, qog‘oz qopdagi yog‘li,
qovurilgan ovqat
qog‘ozni namlaydi.
Barcha suyuqliklar suvdan iboratmi?
23
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI