18
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Maqsad: moddaning muz, suv va bug‘ holatini o‘rganish.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
muz
▸
keramika
▸
quruq yoqilg‘i
▸
shtativ
Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda ishni qu-
yidagi tartibda bajaring:
1. Idishni shtativga mahkamlang.
2. Muz bo‘lagini issiqqa chidamli idishga soling.
3. Idishni quruq yoqilg‘ini yoqib qizdiring.
4. Muz suyuqlikka aylangandan keyin olovni o‘chiring.
5. Idishni yana olovga qo‘ying. Suv qaynashini kuzating.
6. Suyuqlikning bug‘ga aylanishini kuzating.
Tajribani do‘stlaringiz bilan muhokama qiling.
Jadvalda moddalarning uch holatdagi xossalari taqqoslangan.