11
1-bob.
TABIATNI O RGANISH
Bir nechta kattalikning o‘rtacha qiymatini aniqlash uchun bu kattaliklar dastlab bir-biri-
ga qo‘shiladi, so‘ng natija ularning soniga bo‘linadi. Masalan, matematika darsligi 600 g,
tabiiy fanlar 400 g, ona tili 500 g bo‘lsa, uchta darslikning o‘rtacha
massasini aniqlash
uchun har bir darslikning massasi qo‘shiladi va natija uchga bo‘linadi:
600 g + 400 g + 500 g = 1500 g;
1500 g : 3 = 500 g.
Maqsad: ma’lumotlarni grafi k tarzda taqdim etish.
3-MAVZU.
MA LUMOTLARNI
GRAFIKDA TASVIRLASH
A M A L I Y M A S H G U L O T
1. Bo‘yingiz uzunligini bilasizmi?
2. Uni qanday usulda o‘lchash mumkin?
3. Uzunlikni o‘lchaydigan qanday asboblarni bilasiz?
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
o‘lchov
tasmasi
▸
jadval
uchun oq
qog‘oz
▸
chizg‘ich
▸
qalam
Sinf o‘quvchilari bo‘yining o‘rtacha arifmetik qiymatini aniqlash:
1.
Sinfdagi o‘quvchilarni tug‘ilgan oylari bo‘yicha to‘rt guruhga ajrating:
yanvar–mart, aprel–iyun, iyul–sentyabr, oktyabr–dekabr.
2.
O‘lchov tasmasi yordamida har bir guruhdagi o‘quvchilarning bo‘ylarini
o‘lchang.