7
1-bob.
TABIATNI O RGANISH
Tadqiqot obyekti – tadqiq etilayotgan jonsiz va jonli tabiatdagi jarayon va hodisalar.
Obyekt muammoli holatni keltirib chiqaradi va u oʻrganish uchun tanlanadi. Tadqiqot obyekti
“Nimani tadqiq etmoqchisiz?” degan savolga javob beradi.
Tabiat obyektlari, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda tabiiy fanlar muhim o‘rin tutadi. Ta-
biiy fanlarga fi zika, kimyo,
biologiya, geografi ya, astronomiya kabi fanlar kiradi.
Tabiiy fanlarning
vazifasi tabiat qonunlarini
o‘rganish, shuningdek, ulardan inson
manfaatlari
yo‘lida oqilona foydalanish
va tabiatni muhofa-
za qilishga yordam berishdan iborat. Tabiiy-ilmiy
bilimlar insonning
amaliy faoliyatidagi kuzatishi,
tajriba o‘tkazishi, g‘oyalarni ilgari surishi natijasida
vujudga keladi.
Tabiiy fanlarning matematika, informatika, tarix kabi fanlar bilan bog‘liqligini guruhda
muhokama qiling.
O‘z tadqiqotingiz uchun tadqiqot obyekti va predmetini aniqlang. Ular haqida so‘zlab
bering.