• O‘lchovlar o‘tkazish.
  • Tabiatni o‘rganishning turli metodlari mavjud
  • Modellashtirish
  • Tajriba – eksperiment
  • 2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Kuzatishtabiatda sodir 
    bo‘layotgan hodisa va jarayonlarga 
    ta’sir etmasdan o‘rganishdir. Ma-
    salan, hayvonlarning xatti-harakat-
    larini kuzatishingiz mumkin. Kuza-
    tish natijalari maxsus kundalikda
    qayd etib boriladi. Ishonchli nati-
    jalarga erishish uchun aynan bir xil 
    sharoitda kuzatishlar takrorlanadi. 
    Chizg ichlar
    Sekundomer
    Tarozilar
    Tonometr
    Tabiatni kuzatish uchun qanday asbob-uskunalar 
    zarur?
    O‘lchovlar o‘tkazish. Tajriba va kuzatishlar davomi-
    da turli o‘lchovlar o‘tkaziladi. Eng oddiy o‘lchov vosita-
    si – chizg‘ich yordamida obyektlarning uzunligi, kengligi 
    va balandligini o‘lchash mumkin. Jismlarning massasini 
    o‘lchash uchun tarozi, haroratni o‘lchash uchun esa ter-
    mometrlardan foydalaniladi. Siz vaqtni o‘lchash asbo-
    bi – soatni yaxshi bilasiz. Murakkab o‘lchovlarni amalga 
    oshirish uchun maxsus qurilmalar, masalan, qon bosimini 
    aniqlovchi elektron tonometr, atmosfera bosimini aniqlov-
    chi barometrlar ishlab chiqilgan.
    Tabiatni o‘rganishning turli metodlari mavjud: 
    1. Kuzatish va tavsifl ash.
    2. O‘lchovlar o‘tkazish.
    3. Tajribalar o‘tkazish.
    4. Taqqoslash.
    5. Modellashtirish.


    10
    1-bob. TABIATNI O RGANISH
    Modellashtirish – obyekt yoki hodisani ularning modellari yordamida o‘rganishdir. 
    Siz modellarni ko‘p uchratgansiz. Masalan, globus – Yerning modeli, akvarium – suv 
    havzasining modeli. 
    Quyidagi modellar haqida fi kr yuriting. 
    1. O‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga doir o‘tkazilgan tajriba davomida qanday 
    metodlar qo‘llangan? 
    2. Siz hayvonlarning xatti-harakatlarini o‘rganmoqchisiz. Buning uchun qanday 
    metodlarni qo‘llaysiz? 
    Tajriba – eksperiment (lotincha 
    eksperimentum – “sinov”, “tajriba”) ku-
    zatishga qaraganda ancha murakkab 
    amaliy metod hisoblanadi. Tajriba o‘tkaz-
    ganda tadqiqotchi o‘rganilayotgan tabiiy 
    obyekt va jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi. 
    Sug‘orish jarayoni o‘simlikning o‘sishi 
    va rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi-
    ni tajribada aniqlash yuzasidan quyidagi-
    cha tadqiqot o‘tkazish mumkin. Bu ning 
    uchun bir turga mansub bir xil o‘lcham-
    dagi uchta o‘simlik parvarish qilinadi. 
    Birinchi va ikkinchi o‘simlikdan tajri-
    ba guruhi sifatida tadqiqot uchun, uchinchi o‘simlikdan nazorat guru hi sifatida taqqoslash 
    uchun foydalaniladi. Tajriba guruhidagi birinchi o‘simlik ko‘p, ikkinchi o‘simlik esa kam, 
    nazorat guruhidagi o‘simlik esa odatdagidek yetarli miqdorda sug‘oriladi. 
    Barcha guruhdagi o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi bir oy davomida kuzatiladi. Shu 
    bilan birga, o‘simlikning bo‘yi o‘lchanib, yangi hosil bo‘lgan barglar soni hisoblab boriladi. 
    Barcha ko‘rsatkichlar tadqiqot kundaligiga batafsil qayd etiladi. Olingan ma’lumotlar taq-
    qoslanib, tajriba davomida namlik miqdorining o‘simliklar o‘sishi va rivojlanishiga qanday 
    ta’sir qilishi haqida xulosa chiqariladi.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish