• Qattiq jismlarda diff uziya
  • Maqsad
  • A M A L I Y M A S H G U L O T




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    A M A L I Y M A S H G U L O T
    9-MAVZU. 
    DIFFUZIYA 
    HODISASINI O RGANISH
    Oshxonada tayyorlangan taom hidining atrofga tarqalishini kuzatgansiz. Bu hodi-
    sani qanday izohlaysiz?
    Siz qattiq jismlar, suyuqliklar va gaz-
    larda zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz 
    harakatlanishini o‘rgandingiz. Bu jara-
    yonni tasdiqlaydigan hodisalardan biri 
    diff uziya (lotincha diff usio – “tarqalish”, 
    “sochilish”) hodisasidir.
    Diff uziya – bir modda zarralarining ik-
    kinchi modda zarralariga aralashishi yoki 
    tarqalishidir. 
    Diff uziya hodisasi suyuqliklarga qara-
    ganda gazlarda tezroq bo‘ladi. Sababi 
    gazdagi zarralar suyuqlikdagi zarralar-
    ga qaraganda tezroq harakat qiladi. Dif-
    fuziya jarayonining tezligi haroratga ham bog‘liq. Harorat ortishi bilan diff uziya tezlashadi.
    Masalan, xonaga atir to‘kilganda, biroz vaqt o‘tgach butun xonani atir hidi egallaydi. Suyuq-
    liklarda diff uziya hodisasini piyoladagi choyga solingan shakarning erishida kuzatish 
    mumkin. 
    Qattiq jismlarda diff uziya
    Diff uziya qattiq jismlarda ham sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda diff uziya juda sekin kecha-
    digan jarayondir. Masalan, doskaga biror narsa yozsak va uni ancha vaqt davomida tozala-
    masdan qoldirsak, keyin doskani tozalash qiyin bo‘ladi. Chunki bo‘rning zarralari doska 
    yuzasiga singib qoladi.
    Maqsad: diff uziya hodisasini issiq va sovuq suvlarda taqqoslash.
    Bizga kerak
    Ishni bajarish tartibi

    2 ta shaff of stakan

    pipetka

    sovuq suv 

    issiq suv

    oziq-ovqat bo‘yoqlari
    1. Ikkita shaff of stakanni oling.
    2. Birinchi stakanga sovuq, ikkinchisiga issiq suv quying.
    3. Har bir stakanga tomizgich yordamida bir necha tomchi 
    oziq-ovqat bo‘yog‘ini tomizing.
    4. Stakanlardagi suvda ranglarning tarqalishini kuzating.
    Ikkala stakandagi hodisani taqqoslang.


    24
    2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
    1. Qaysi stakandagi suvda bo‘yoq tez tarqaldi. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?
    2. Nima uchun gaz, suyuqlik va qattiq jismlarda diff uziyaning tarqalish tezligi turlicha 
    bo‘ladi?
    Tirik organizmlar hayotida diff uziya hodisasi muhim 
    rol o‘ynaydi. Zavod, fabrika (masalan, sement zavodi, 
    kimyo zavodlari, g‘isht pechlari va boshqa)lar, trans-
    port vositalaridan tarqaladigan turli xil zararli gazlar va 
    tutunlar diff uziya hodisasi tufayli havoga aralashib 
    ketadi. Natijada havo ifl oslanadi va bu salbiy oqibatlar-
    ga olib keladi. Nafas olganda ushbu zararli gazlar inson 
    salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
    1. Kundalik hayotdan diff uziya hodisasiga misollar keltiring va ularni izohlang.
    2. Qahva tayyorlashning diff uziya hodisasiga qanday bogʻliqligi bor? 


    25
    2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    A M A L I Y M A S H G U L O T

    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish