• A M A L I Y M A S H G U L O T 12-MAVZU. TURLI SHAKLGA EGA BO LGAN JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH
  • Bizga kerak Ishni bajarish tartibi




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    Bizga kerak
    Ishni bajarish tartibi

    ikki dona mandarin 

    ikkita stakan 

    suv
    1. Ikkita bo‘sh stakan oling.
    2. Har bir stakanning 3/4 qismini suv bilan to‘ldiring.
    3. Birinchi stakanga mandarinni ehtiyotkorlik bilan soling. 
    4. Tajribani kuzating. Mandarin suzadimi yoki cho‘kadimi?
    5. Ikkinchi mandarinning po‘stini olib tashlab, ehtiyotkorlik bilan 
    ikkinchi stakanga soling. 
    6. Tajribani kuzating. Po‘sti olib tashlangan mandarin suzadimi 
    yoki cho‘kadimi?
    Ikkala stakandagi hodisani taqqoslang.
    Ushbu tajribaning siri zichlikda. 
    Po‘sti olinmagan mandarinning suv-
    da suzishiga sabab shuki, uning 
    po‘sti g‘ovak-g‘ovak va mayda 
    havo bo‘shliqlari bilan to‘lgan. Havo 
    bo‘shliqlari mandarinning suzuv-
    chan ligini oshirishga yordam beradi. 
    Bu suzuvchanlikning oshishi man-
    darinning suvga qaraganda zichroq bo‘lishiga yordam beradi, shuning uchun mandarin 
    suvda suzadi. Mandarinning po‘stini olib tashlaganingizda, u yengillashadi, lekin uning 
    po‘stiga qo‘shib mayda havo bo‘shliqlarini ham olib tashlagansiz. Shuning uchun po‘sti yo‘q 
    mandarin suvdan zichroq bo‘ladi va u cho‘kadi.
    Nima uchun po‘sti archilmagan 
    mandarin cho‘kmadi?
    1. Havo shari nima uchun yuqoriga 
    ko‘tariladi? 
    2. Deraza romlarini ishlab chiqa-
    rishda qaysi moddadan foydala-
    niladi? Nima uchun?


    29
    2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
    A M A L I Y M A S H G U L O T
    12-MAVZU.
     TURLI SHAKLGA EGA BO LGAN 
    JISMLARNING ZICHLIGINI ANIQLASH 
    Suvning zichligi 1 g/cm
    3
    , po‘kakning zichligi esa 0,24 g/cm
    3
    . Po‘kak suvda suzadimi 
    yoki cho‘kadimi?
    Jismlarning zichligi ularning suvda suza olishiga ta’sir ko‘rsatadi. Agar suyuqlik ichida 
    bo‘lgan jismning zichligi suyuqlik zichligidan kichik bo‘lsa, jism suzadi.

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish