32
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Okean suvlarining bug‘lanishi chuchuk suv ishlab chiqarish uchun juda muhim. Yer
yuzasining 70 foizdan ortig‘ini okeanlar egallagani tufayli
ular atmosferadagi asosiy
suv manbai hisoblanadi. Okeanlar yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘lari bulutlarga aylanadi. Bu
bulutlardan hosil bo‘lgan yog‘inlar Yer yuzasida suv hosil qiladi.
O‘simliklarda suv bug‘lanishini kuzatganmisiz?
O‘simliklar suv bug‘latish orqali tanasini qizib ketishdan himoya qiladi.
1. Cho‘milib chiqqandan so‘ng sovuq qotamiz. Nima uchun?
2. O‘rilgan o‘t nega shamol esib turganda tezroq quriydi?
KONDENSATSIYA
Yogʻin
Bugʻlanish+parlanish
Bugʻlanish
Dengiz
Quruqlik
Daryo
33
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI