11-MAVZU. MODDANING ZICHLIGI Tuxumlarning suvdagi holatini tushuntiring. Moddalar
suvda suzishi yoki cho‘kishining sababi nima?
To‘rtburchak shakldagi shisha idish oling. Shisha idish
ma’lum hajm va massaga ega.
Agar shisha idishga rasmda ko‘rsatilgandek bir necha
dona sharcha solsangiz, massasi ortadi, biroq idishning haj-
mi o‘zgarmasdan qoladi. Yana bir necha dona sharcha solsangiz, massa ortishda davom
etib, hajm o‘zgarishsiz qolaveradi. Sharcha qo‘shishda davom etsangiz, idishning massasi
ortib boradi, natijada sharchalar zichlashadi. Zichlik asosan moddalarning bir-biriga qan-
chalik zich joylashganini
bildiradi.
Massa va hajm orasi-
dagi bog‘liqlik zichlik deb
ataladigan kattalik bilan
xarakterlanadi.
Zichlik deb moddaning
birlik hajmiga mos keluvchi
massasiga aytiladi.
m = V Moddaning zichligi o‘sha modda massasini hajmiga bo‘lish orqali topiladi. Massaning
birligi gramm (g), hajmning birligi santimetr kub (cm
3
) deb olinsa, hisoblab chiqarilgan
natija har bir santimetr kub hajmda joylashgan moddaning grammdagi massasini bildiradi.
Bunday zichlikning birligi esa g/cm
3
bo‘ladi.
Ba’zi moddalarning zichligi quyidagi jadvalda keltirilgan.
№
Qattiq jism Zichlik g/cm 3 Zichlik kg/m 3 1
Oltin
19,3
19300
2
Qoʻrgʻoshin
11,3
11300
3
Kumush
10,5
10500
4
Mis
8,9
8900
5
Temir
7,8
7800
6
Choʻyan
7,1
7100
7
Alyuminiy
2,7
2700
8
Deraza oynasi
2,5
2500
9
Gʻisht
1,8
1800
10
Muz
0,9
900
11
Yogʻoch
0,7
700
12
Poʻkak
0,24
240
28
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Mis va alyuminiydan yasalgan kublar bir xil hajm va shaklga ega, massalari-chi?
Tajribani guruhlarga bo‘linib bajaring.