2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/132
Sana09.12.2023
Hajmi18,41 Mb.
#114589
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132
Bog'liq
2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

TARG‘IL
LOLA
QO‘NG‘IR
AYIQ


39
3-bob. TIRIK ORGANIZMLAR XILMAXILLIGI
17-MAVZU.
O SIMLIKLAR DUNYOSI
O‘simliklar qanday sistematik guruhlarga ajratiladi?
O‘simliklar ko‘p hujayrali organizmlardir. 
Ular avtotrof usulda oziqlanadi, ya’ni fotosin-
tez jarayonida xlorofi ll pigmenti ishtirokida 
anorganik moddalardan organik moddalarni 
sintezlaydi. 
Fotosintez jarayonida suv va karbonat 
angidriddan uglevodlar hosil bo‘ladi. O‘sim-
liklar minerallarni tuproqdan o‘zlashtiradi. 
Uglevod va minerallar ishtirokida o‘simliklar 
o‘zi uchun zarur oqsil hamda boshqa or-
ganik moddalarni hosil qiladi. Fotosintez 
jarayonida o‘simliklar atmosferaga kislorod 
ajratadi. 
Fotosintezda hosil bo‘lgan organik modda-
lar nafas olish jarayonida kislorod ishtirokida 
parchalanadi, natijada energiya va karbonat 
angidrid hosil bo‘ladi. Nafas olish jarayoni-
da hosil bo‘lgan energiya o‘simlik hayotiy 
jara yonlari uchun, masalan, hujayralarning 
bo‘linishi, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun sarfl anadi. Nafas olish jarayonida hosil 
bo‘lgan karbonat angidrid esa atmosferaga ajratiladi. 
O‘simliklarni o‘rganuvchi fan botanika deyiladi. Botanika – o‘simliklar morfologiyasi
anatomiyasi, fi ziologiyasi, ekologiyasi va sistematikasi haqidagi fan.
O‘simliklar dunyosi
Sporali o‘simliklar
Urug‘li o‘simliklar
Yo‘sinlar bo‘limi
Qirqquloqlar bo‘limi
Ignabargli o‘simliklar 
bo‘limi 
Gulli o‘simliklar bo‘limi 
Sporali o‘simliklar sporalari, urug‘li o‘sim-
liklar esa urug‘lari yordamida tarqaladi.
Bir bo‘limga mansub o‘simliklar tuzilishi, 
ko‘payishi bilan o‘xshash. Masalan, gulli
o‘simliklar bo‘limiga mansub o‘simliklarning 
barchasi gul, meva hosil qiladi. Ignabargli 
o‘simlik urug‘lari qubbalarda yetiladi. 
Bo‘limlar yirik sistematik birlik sifatida 
sinfl arga ajratiladi. Masalan, gulli o‘simliklar 
bo‘limi ikki sinfga ajratiladi.
1. O‘simliklar tabiatda qanday ahami-
yatga ega? 
2. O‘simliklarni insonlar hayotidagi 
ahamiyatiga ko‘ra klassifi katsiya qiling.
O‘simliklarning ahamiyatiga 
ko‘ra klassifi katsiyasi
Manzarali Dorivor 
Oziq-
ovqat
Qurilish 
materiali

Download 18,41 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   132




Download 18,41 Mb.
Pdf ko'rish