• Tirik organizm turlari soni
  • - TIRIK  ORGANIZMLAR XILMAXILLIGI 16-MAVZU




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet27/132
    Sana09.12.2023
    Hajmi18,41 Mb.
    #114589
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132
    Bog'liq
    2 Tabiiy fan Darslik (6 sinf). indd

    -
    TIRIK 
    ORGANIZMLAR
    XILMAXILLIGI
    16-MAVZU. 
    TIRIK ORGANIZMLAR 
    KLASSIFIKATSIYASI
    1. Sizga tanish o‘simlik va hayvonlarni gu-
    ruhlarga ajrating. 
    2. Ularni qaysi xususiyatlariga ko‘ra gu-
    ruhlarga ajratdingiz? 
    Olimlar asrlar davomida tirik organizm turla-
    rining xilmaxilligini o‘rganishgan. Yer yuzidagi 
    tirik organizmlar xilmaxilligini o‘rganish oson 
    va qulay bo‘lishi uchun ularni ma’lum siste-
    maga solish, guruhlarga ajratish zarur. 
    Barcha tirik organizmlar hujayralardan tu-
    zilgan bo‘lib, oziqlanish, nafas olish, ayirish, 
    ta’sirlanish, ko‘payish, o‘sish va rivojlanish 
    kabi xususiyatlarga ega. Tirik organizmlar-
    ni o‘zaro o‘xshash xususiyatlariga ko‘ra gu-
    ruhlarga ajratish klassifi katsiya deyiladi. 
    Klassifi katsiya Yer yuzida mavjud turlarning 
    xilmaxilligini tushunishga yordam beradi. 
    Sistematika – tirik organizmlarni tavsifl ash 
    va klassifi katsiya qilish bilan shug‘ullanadigan 
    fan. 
    Sistematik olimlar o‘simliklarni tavsifl aydi, 
    ularning boshqa o‘simliklar bilan o‘xshashligi 
    va qarindoshligini aniqlaydi, ularga nom be-
    radi.
    Balandligi 40 m ga yetadigan, shox-shab-
    basi piramida shaklidagi daraxtni ko‘p uchrat-
    gansiz. Bu – ko‘kterak. Uni maktab hovlisida, 
    yo‘l bo‘yida uchratamiz. Tabiatda tuzilish ji-
    hatdan o‘xshash bo‘lgan ko‘plab ko‘kteraklar 
    o‘sadi. 
    Bakteriyalar 
    3000 dan ortiq
    Zamburug‘lar
    100 000 ga yaqin
    Hayvonlar 1 500 000 dan ortiq
    Protoktistalar
    110 000 ga yaqin
    O‘simliklar 
    400 000 ga yaqin
    Tirik organizm turlari soni
    Siz qancha o‘simlik turini bilasiz? 
    Sizga ma’lum hayvon turlari nomlari-
    ni aytib bering. Yer yuzida tirik orga-
    nizmlarning qancha turi mavjud? Tirik 
    organizmlar sonini hisoblang. 


    38
    3-bob. TIRIK ORGANIZMLAR XILMAXILLIGI
    Tur 
    nomi
    Tur 
    nomi
    Turkum 
    nomi
    Urug‘ 
    nomi
    Tashqi va ichki tuzilishi o‘xshash 
    bunday organizmlar guruhi tur deb 
    ataladi. 
    Yo‘lingizda shox-shabbasi yoyi-
    lib o‘sadigan tol daraxtini ham 
    uchratgansiz. Bog‘larda o‘rik, shaf-
    toli, nok kabi ko‘plab mevali daraxt-
    lar o‘sadi. Terak, tol, o‘rik, shaftoli, 
    nok har xil turga mansub o‘sim-
    liklardir. 
    Hayvonot dunyosi ham xilma-xil: 
    hasharotlar, o‘rgimchaklar, baliqlar, 
    sudralib yuruvchilar, qushlar, sut-
    emizuvchilar va boshqalar.
    Bir turga mansub organizm-
    lar tashqi va ichki tuzilishi, ya-
    shash joyi va muhiti bilan o‘zaro 
    o‘xshash. Kelib chiqishi jihatidan 
    bir-biriga yaqin o‘simlik turlari tur-
    kumlarga, hayvon turlari urug‘larga 
    birlashtiriladi. 
    Markaziy Osiyo tog‘larida o‘suv-
    chi targ‘il lola, qizil lola va bosh-
    qa lola turlari lola turkumiga bir-
    lashtiriladi. Oqayiq, qo‘ng‘ir ayiq va 
    boshqa ayiq turlari ayiqlar urug‘iga 
    mansub. 
    Fanda har bir tur ikki nom bilan 
    nomlanadi. Bu binar nomenkla-
    tura deyiladi. 
    Kelib chiqishi jihatdan ma’lum darajada bir-biriga yaqin va boshqa taksonomik guruhlar-
    dan tuzilishi bilan farq qiladigan organizmlar guruhlari taksonomik birliklar deyiladi. 
    1. Tirik organizmlarni sistemaga solishning qanday ahamiyati bor?
    2. Atrofi ngizdagi buyumlarni, masalan, sinfxona, oshxona, yotoqxonadagi buyumlarni 
    sistemaga soling.
    Bir turni boshqa turdan qanday farqlash mumkin?
    Tabiatda har bir organizm ma’lum bir turga mansub. 
    Turlar bir-biridan farq qiladi. Siz qoqio‘tni atirguldan, 
    olmani nokdan, kapalakni asalaridan, yo‘lbarsni ars-
    londan osongina farqlaysiz. 
    Yo‘lbars va arslon sutemizuvchi hayvonlardir. Ular 
    qaysi xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi?
    Kapalak va ari hasharot-
    lardir. Ular qaysi jihatlari 
    bilan bir-biriga o‘xshaydi? 
    O‘simliklar tur va turkum nomi 
    bilan nomlanadi
    Hayvonlar tur va urug‘ nomi bilan 
    nomlanadi

    Download 18,41 Mb.
    1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   132




    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    - TIRIK  ORGANIZMLAR XILMAXILLIGI 16-MAVZU

    Download 18,41 Mb.
    Pdf ko'rish