16
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI
Zarralarning xossalarini qanday tushuntirish mumkin?
Moddaning zarralari o‘zgarmaydi. Barcha suv zarralari uchta holatda (qattiq, suyuq,
gaz) ham bir xil. Ammo
zarralarning joylashishi, harakati va ularning o‘zaro ta’sirlashuvi
har bir holatda turlicha bo‘ladi.
1. Yonib turgan shamni kuzating. Undan oqib tushayotgan suyuqlik ma’lum vaqtdan
soʻng qotadi. Bu jarayonni qanday izohlaysiz?
2. Un, shakar va tuz zarralarini taqqoslang.
Rasmda
moddaning
qanday
holatlari tasvir-
langan?
Qum
Suv
Havo
Moddalarning gaz, suyuq va qattiq holatda bo‘lishi moddaning tuzilishiga bog‘liq. Har bir
modda o‘ziga xos xususiyatga ega. Moddalar ko‘zga ko‘rinmaydigan mayda zarrachalar-
dan iborat.
Modda molekulasi shu moddaning juda mayda zarrachasidir. Suvning juda mayda zarra-
chasi – suv molekulasidir.
Moddaning turli ko‘rinishlarini o‘rganish maqsadida quyidagi tajribani o‘tkazamiz.
Bizga kerak
Ishni bajarish tartibi
▸
3 ta plastik shpris
▸
suv
▸
qum
1. Birinchi idishda havo bor.
2. Ikkinchi idishga suv quying.
3. Uchinchi idishga qum soling.
4. Uchala idishdagi moddalar joylashuvini kuzating.
5. Guruhlarga bo‘linib muhokama qiling.
17
2-bob. MODDA VA UNING XOSSALARI