• TA’LIMDA STEAM YONDASHUV Muradova Barno Nigmatovna Kattaqo‘rg‘on shahar 17- IDUM o‘qituvchisi Annotatsiya. STEAM
  • Kalit so‘zlar: Akt, STEAM tizimi, texnologiya, yondashuv, loyiha ishi, an’anaviy ish STEAM o‘qitish
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1.
    Azizxo‘jaeva N.N. O‘qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi. –T.: 
    TDPU, 2000. – 52 b. 
    2.
    Urinova Feruzakhon Uljaevna. Botirova Zuhra Abdurahmonova, Mirjalol 
    Turgunov 
    Mirzahamdam 
    ugli. 
    NECESSARY 
    CONDITIONS 
    FOR 
    THE 
    DEVELOPMENT OF CREATIVE THINKING IN FUTURE TEACHERS. Modern 
    Journal of Social Sciences and Humanities. ISSN: 2795-4846 Vol. 4 (2022). 
    https://mjssh.academicjournal.io/index.php/mjssh
     
    3.
    Usmonova Shaxnoza. Comparative Study of Cosmonims(Sun, Moon ...) In Uzbek 
    and English. In volume 7, of Eurasian Journal of Humanities and SocialSciences 
    April, 2022 . ISSN (E): 2795-7683. JIF: 7.925 


    17 
    TA’LIMDA STEAM YONDASHUV 
     
    Muradova Barno Nigmatovna 
    Kattaqo‘rg‘on shahar 17- IDUM o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya. STEAM 
    ta’limi texnologiyasi tabiiy fanlar, texnologiya, tasviriy 
    san’at, matematika fanlari asosida o‘quvchilarni o‘qitish metodikasi bo‘lib, 
    o‘quvchida amaliy mashg‘ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda 
    qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bunda fanlarning o‘zaro uyg‘un holda 
    yozilgan o‘quv dasturlari bir-birini to‘ldiradi va birgalikda o‘quvchida yaratuvchanlik 
    qobiliyatini hosil qiladi. 
    Kalit so‘zlar: 
    Akt, STEAM tizimi, texnologiya, yondashuv, loyiha ishi, 
    an’anaviy ish 
    STEAM 
    o‘qitish 
    texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida 
    emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi.Bunda o‘quvchi o‘zida 
    nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini 
    shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston 
    Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
    tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoniga ko‘ra, innovatsion ta’lim jarayoniga 
    o‘tish , zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda intensiv til ,AKT 
    va ta’lim berishning yangi metodlarini o‘rganish, STEAM fanlarni joriy qilish 
    jarayonida o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash va tahlil qilish 
    layoqatlarini shakllantiradigan dasturlar va yangi davlat ta’lim standartlari joriy 
    etilishi belgilanib olindi. 
    STAEM 
    ta’limining afzalliklari : 
    -O‘quvchilarda ilmiy madaniyatni tarbiyalash mavzular bo‘yicha emas , balki 
    mavzular bo‘yicha integratsiyalashgan mashg‘ulotlar; 
    -
    olgan bilimlarini kundalik hayotda qo‘llash; 


    18 
    -
    o‘ziga ishonchni shakllantirish; 
    -
    o‘zi turgan olamda yo‘nalish olish ko‘nikmalarini egallash; 
    -
    shaxsiy kognitiv , axloqiy ,hissiy fazilatlarni rivojlantirish ; 
    -
    o‘quvchilarda tabiiy - ilmiy dunyoqarashni shakllantirish; 
    -
    o‘quvchilarning kognitiv qiziqishini, ularning fikrlash faoliyatini 
    rivojlantirish,darsda va darsdan keyin faol mustaqil ishlash istagini oshirish; 
    -
    o‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb qilish; 
    Umumta’lim maktablarida sinf dars tizimidan loyihaviy faoliyatga tomon 
    o‘tish, fundamental bilimlarni funksional bilimlarga ko‘chirish, ularni amaliyotda 
    faol qo‘llash jarayoni orqali fanlar integratsiyasi, kesishmasida muammolar 
    yechimining yangicha yo‘llarini izlash, lozim topilsa kashf etishga yo‘naltirish kabi 
    vazifalarni qo‘yadi. 
    An’anaviy 
    Loyihali ta’lim 
    Faollik urg‘usi o‘qituvchisiga beriladi 
    Faollik urg‘usi o‘qituvchiga beriladi 
    O‘qituvchi boshqaradi 
    O‘z –o‘zini boshqarish 
    Tinglab,eslab qoilng,qaytaring 
    Biling,qo‘llang,taqdim eting 
    Mustaqil 
    Hamkorlik 
    O‘qituvchi qaror qabul qiladi 
    O‘qituvchi va o‘quvchi qaror qabul 
    qiadi 
    Atama va faktlarni biladi 
    XXI asr malaka va ko‘nikmalari 
    To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim 
    Ta’limning turli usul va shakllari 
    Aniq maqsad asosida qisqa darslar 
    Uzoq muddatli tadqiqot 
    Sinf dars tizimi 
    Aniq vaziyat real sharoitlarda qo‘llash 
    Testlar 
    Refleksiya 
    STEAM bolalarda ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi: ijodiy 
    fikrlash, muxandislik yondashuvi, dizayn, matematika, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, 
    loyihalash ishlarini bajarish, kelajakda o‘zlarini hayotiy muammolarini hal etishda 
    yordam beradi. Ko‘pgina chet davlatlarida, Jumladan Finlyandiya maktablarida 


    19 
    bolalarni qobiliyatini, ishtiyoqlarini rivojlantirishda mazkur usuldan samarali 
    foydalanishar ekan. 
    STEAM tizimi nima ? STEAM – inglizcha qisqartma bo‘lib, S – Science, T – 
    tech, E – engineering, A – art va M – mathematics so‘ zlari o‘ zbek tilida «tabiiy 
    fanlar, texnologiya, muhandislik san’ati, ijodkorlik, matematika» degan ma’noni 
    anglatadi. Aynan mana shu fanlar zamonaviy ta’limda eng dolzarb fanlar bo‘lib 
    kelmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda STEAM ta’lim tizimi asosiy 
    tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi fanlararo va amaliy 
    yondashuvdan foydalanishga hamda beshta fanni yagona o‘qitish sxemasi 
    uyg`unlashuviga asoslangan. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish