Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o‘qitish metodikasi. – T.:
Barkamol fayz media, 2018. – 352 b.
2.
Тўхлиев Б. Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: Алишер Навоий
номидаги Ўзбекистон миллий кутубхонаси нашриёти, 2010. – 168 б.
3.
Matchonov S., G‘ulomova X., Suyunov M., Boqiyeva H. Boshlang‘ich
sinflarda o‘qish darslarini pеdagogik tеxnologiyalar asosida tashkil etish. – T.:
Yangiyul poligraph service, 2008. – 224 b.
MTT LARIDA BOLALARNI KREATIV FIKRLASHGA
O‘RGATISHNING AHAMIYATI
Allamurotova Shaxnoza Abduxalilovna
Bulung‘ur tumani 11-DMTT tarbiyachisi
Annotatsiya.
Mazkur maqolada o‘sib kelayotgan yosh avlodni kreativ
fikrlashga o‘rgatish orqali samaradorlikka erishish, maktabgacha yoshdagi bolalarni
kreativ fikrlashga o‘rgatishning usul va vositalari haqida so‘z yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
Maktabgacha ta’lim, bola, kreativlik, ijodkorlik, ta’lim, tarbiya,
tarbiyachi, o‘yin.
12
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yaratilgan shart sharoitlar, ushbu tizim uchun
zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, didaktik materiallar va o‘yinchoqlar bilan
muntazam ta’minlanib borishining davlat nazoratida bo‘lishi kishini quvontiradi.
Maqsad esa bitta bolalarni barkamol tarzda voyaga yetkazish ularni maktab ta`limiga
tayyorlash samaradorligini oshirishdir. Maktabgacha yosh - bu o‘zini yorqin ifoda
etish, ijodiy qobiliyatlarni namoyon qilish, bolaning ijodkorligini rivojlantirish uchun
eng qulay davr hisoblanadi.
Bugungi kunda MTT tarbiyachilarining eng ustuvor vazifalaridan biri “Ijodkor
bolani” tarbiyalashdir. Bu jarayon qanchalik erta boshlansa samarasi shunchalik
barvaqt namoyon bo‘ladi va bolaning butun hayotiga ijobiy ta’sir qiladi. Kreativlik
so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “yaratish” degan ma’noni anglatadi. Kreativlik
bu o‘z qiymatiga ega original g‘oyalar majmuidir.
Kreativlik shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo‘lib, u o‘zida
muayyan yangiliklarni aks ettirishi va ma’lum amaliy qiymatga ega bo‘lishi lozim.
Kreativ pedagogika muammolari yaxlit pedagogik nazariya va boshqa ijtimoiy fanlar
tizimida: pedagogika tarixi va ta’lim falsafasi, umumiy va kasbiy pedagogika va
psixologiya, o‘qitish va tarbiyalash usullari va texnologiyalari, kasbiy etika va
boshqalarda ko‘rib chiqiladi.
Maktabgacha
yoshdagi
bolalarda
kreativ
tafakkurni
rivojlantirishning
muammosi ko‘pgina pedagog va tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq
yillardan buyon o‘rganilib kelinmoqda. Emebaylning fikricha kreativlik muayyan
soha bo‘yicha o‘zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy
ko‘nikmalarga ham ega bo‘lish demakdir. G‘arb kishilari uchun kreativlik, umuman
olganda, yangilik sanaladi. Ular kreativlik negiizda noan’anaviylik, qiziquvchanlik,
tasavvur, hazil – mutoyiba tuyg‘usi va erkinlik mavjud bo‘lishiga e’tiborni
qaratadilar. Sharqliklar esa, aksincha, kreativlikni ezgulikning qayta tug‘ilish
jarayoni, deb tushunadilar. Garchi g‘arblik va sharqliklarning kreativlik borsidagi
qarashlari turlicha bo‘lsa-da, biroq, har ikki madaniyat vakillari ham mazkur sifat va
13
unga egalikni yuqori baholaydilar. Boshqa ko‘pgina, sifatlar (fazilat) singari
kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.
Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirib boradi.
Bolaning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan
faoliyat turlarida namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yosh davri ijodiy faol shaxsni
shakllanishi uchun eng samarali davri, chunki aynan manashu davrda psixik
jarayonlar progressive o‘zgarishlar kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari
orqali, masalan, kommunikativ, amaliy o‘yinlar yordamida amalga oshadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlikni rivojlantirishda rasm chizish,
loyihalash, modellashtirish, shuningdek, bolalar faoliyatining o‘yin, dramatizatsiya
kabi turlaridan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Shunday qilib, kreativ fikrlashni
shakllantirishda quyidagi aniq vazifalarni hal qilish kerak:
1.
Bolalarning estetik va hissiy tajribasini boyitish, ularning atrofdagi voqelik
haqidagi g‘oyalai hajmini oshirish, ufqlarini kengaytirish.
2.
Bolalar nutqini, majoziy iboralarni rivojlantirish, so‘z boyligini boyitish.
3.
Bolalarda qayta loyihalash, tajriba elementlarini birlashtirish qobiliyatini
rivojlantirish. Bolalarda “inklyuziya” asosida rekonstruksiya qilish kabi operatsiyani
shakllantriishga alohida e’tibor beriladi, bu turli xil tasvirlarni yaratish uchun bir xil
elementdan foydalanishga imkon beradi.
4.
Rivojlanayotgan muhitni ma’lum bir tarzda jihozlash. Bola kelajakdagi
ob’ektni tasavvur qilishi, uni tahlil qilish, mavjud tafsilotlar to‘plami bilan solishtirish
va qaysi detal yaratilgan ob’ektning alohida qismlarini almashtirishi mumkinligini
aniqlashi kerak. Shundan keyingina u elementlarni to‘liq ob’ekt tasviriga sintez
qilishni boshlashi mumkin. Bunday vazifalar bolalarda nafaqat fazoviy tasvirlar bilan
erkin harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, balki tasavvurni rivojlantirish uchun
katta ahamiyatga ega bo‘lgan harakatning oraliq va yakuniy natijalarini majoziy
kutish (oldindan ko‘rish) ga yordam beradi. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalarga
berilgan geometrik shakllardan o‘zlari xohlagan narsalarni yasash taklif etiladi. Ular
14
nafaqat o‘zlariga oldingi sinflardan yaxshi ma’lum bo‘lgan narsalarni, balki haqiqiy
va fantastik narsalarni ham chizishadi. Shunday qilib, maxsus ta’lim jarayonida
barcha bolalar ijodiy konstruktiv muammolarni hal qilishning umumiy tamoyillarini
shakllantiradilar, kreativ fikrlash qobiliyatlarini shaklantirishdan iborat bo‘lgan
tushunchadir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, mashg‘ulotlarni oldindan rejalashtirish,
pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakillantirish va rivojlantirish, ularni
ijodiy fikrlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga undash, ta’lim olishga bo‘lgan
munosabatni o‘zgartirish ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil
bo‘ladi. Tarbiyachining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki
mashg‘ulotlarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g‘oyalarni ta’lim
jarayonida sinab ko‘rishga intilishi ularda kreativ salohiyatining boyib borishiga
zamin yaratadi.
Tarbiyachining kreativ fikrlash ko‘nikmalari ulardagi kreativlik qobiliyatini
oshirishda harakatga keltiruvchi kuch sanaladi Hozirgi vaqtda inson doimiy
o‘zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy sharoitda yashamoqda. Bunday
tezkor o‘zgaruvchan olamda yashashi uchun, u uzluksiz rivojlanishi hamda
moslashuvi uchun yangi sharoitlarga moslashishga yordam beradigan shaxsiy
kompetentsiyaga ega bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda shunday muhim
kompetentsiyalardan biri - kreativ tafakkur, yuqori ijodiy faollik va kreativ xulq-
atvordir. Bugungi kunda ijodkorlik, yaratuvchanlik, yangilikka qaratilgan faoliyat
kreativ faoliyat deb tushuniladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda kreativ tafakkurni shakllantirish muammosi
juda ko‘p tadqiqotchilarni qiziqtirgan muammo sifatida uzoq yillardan buyon
o‘rganilib kelinmoqda. P.F.Legaft (1837-1909) ning fikricha, inson hayotining ayni
shu bosqichida uning kelgusida qanday xarakter-xislatlar sohibi bo‘lishi belgilanadi
va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga chiqadi. Bu yo‘nalishning rivojlanishiga
V.N. Druzhinin, A.V. Zaporozhets, A.N. Leontiyev, N.N. Poddyakov, D.B.
Bogoyavlenskaya, V.A. Kudryavsev, O.M. Dyachenko, A.M. Matyushkin, K. Heller,
15
N.S. Leites, J. Guilford va boshqa olimlar o‘z hissalarini qo‘shishgan. Ular o‘z
ishlarida kreativlikni boshqa psixik jarayonlardan ajralib turuvchi tafakkurning o‘ziga
xos jihati sifatida ta’rif berganlar. Ular kreativlikni bolalarning shaxsiy fazilatlari va
ularning tasavvuri bilan bog‘laganlar. Ijodiy tafakkur va ijodiy tasavvur - insonning
ijodiy qobiliyatining muhim tarkibiy qismidir. Maktabgacha yosh davri ijodiy faol
shaxsni shakllanishi uchun eng samarali davri, chunki aynan mana shu davrda psixik
jarayonlar progressiv o‘zgarishlar (xotira, nutq, diqqat, tafakkur, tasavvur, idrok)
kechadi va shaxsiy fazilatlar tezkor rivojlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida
ijodni rivojlantirish bolalarning turli faoliyatlari orqali, masalan, kommunikativ,
amaliy o‘yinlar yordamida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari
amaliyotida tarbiyachilarning tarbiyalanuvchilarning ijodiy rivojlanishiga bo‘lgan
e'tiborini kuchayganlik tendensiyasi kuzatilmoqda. Hozirgi kunda metodistlar va
psixologlarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri - maktabgacha yoshdagi
bolaning ijodiy salohiyatini ochishga yordam beradigan bola bilan shaxsga
yo‘naltirilgan - o‘zaro ta'sir o‘tkazish usullarini takomillashtirishdir.
Maktabgacha ta’limga oid psixologik-pedagogik adabiyotlarni va amaliy
faoliyatini tahlil qilish maktabgacha ta’limda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish
jarayoni innovatsiya darajaga ko‘tara oladigan, o‘z ichiga maktabgacha yoshdagi
bolalarni kreaktivlikni to‘liq qamrab oluvchi ta’limiy dastur kerak. Ta’lim va tadqiqot
muassasalari tomonidan o‘tkazilgan oxirgi tadqiqotlar, hozirgi zamon bolalarining
psixofiziologiyasida, ruhiyatida, shaxsiy fazilatlarida sifat o‘zgarishlari yuqori
o‘ringa egaligi kuzatilishi aniqlandi. Xususan, bolalarda tasavvur, qiziqish,
ijodkorlikning keskin pasayib ketganligi qayd qilingan. Olimlardan D.Veksler,
А.Маslou kreativ qobiliyat tabiatini va uni inson hayotida rivojlanish xususiyatlarini
o‘rganishgan, ular tomonidan ishlab chiqilgan kreativ tafakkurni aniqlash yuzasidan
ishlab chiqqan metodika hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan, yana bir
Amerikalik psixolog olim Dj.P.Gilford o‘zining ilmiy tadqiqot ishlarida kreativlik va
intellektni birinchi marotoba taqqoslagan. Pol Torrens kretiavlikni tafakkur
terminlarida ta’riflagan va bolalar kreativligini shakllantirish dasturini hamda yosh
16
bolalarda kreativlikni aniqlash testlarini yaratgan. O‘zbek olimlaridan E.G‘oziyev,
P.Sunnatova, Z.Nishonova tafakkur psixologiyasi, mustaqil fikrlash, ijodiy fikrlash
psixo-fiziologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab berishga katta hissa
qo‘shishgan. Rossiya psixolog olimlari O.Tixomirova, L.A.Venger, L.S.Vigotskiy
tomonidan tafakkurni o‘ganish ustida tadqiqotlar olib borilgan. Bolalarda kreativlikni
rivojlantirishda quyidagi shartlarga e’tibor qaratish zarur: ular tomonidan ko‘p
savollar berilishini rag‘batlantirish va bu odatni qo‘llab-quvvatlash; bolalarning
mustaqilligini rag‘batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish;
bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish;
bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish. Quyidagi omillar shaxsda kreativlikni
rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi: o‘zini tavakkaldan olib qochish; fikrlash va xatti-
harakatlarda qo‘pollikka yo‘l qo‘yish; shaxs fantaziyasi va tasavvurining yuqori
baholanmasligi; boshqalarga tobe bo‘lish; har qanday holatda ham faqat yutuqni
o‘ylash. Psixologiyada P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab
chiqilgan. P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi o‘zida quyidagi belgilarni
namoyon qiladi: Savollar, kamchiliklarga yoki bir-biriga zid ma’lumotlarga e’tiborsiz
bo‘lmaslik; Muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar
asosida ularning yechimini topishga intilish.
|