9
1-YO‘NALISH
XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING MILLIY TA’LIM
TIZIMIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI
FIKR UYG‘UNLIGI-MUVAFFAQIYAT GAROVI
Rustamova Nilufar Xamrokulovna
Xudoyberdiyeva Munira Egamberdiyevna
Tayloq tuman 17-maktab o‘qituvchilari
Annotatsiya.
Ushbu maqolada o‘quvchilarga ta’lim
va tarbiya berishda
o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
kasb, mohiyat, tafakkur, fikr, g‘oya, ta’lim, tarbiya, salohiyat.
“Dunyoda hech qachon bir xil tong otgan emas’’. Mazkur ibora paydo
bo‘lganidan buyon ming yillar o‘tdi. Bu-butun koinot, tabiat va bashariyat doimiy
o‘zgarishda yangilanishda deganidir.
Darhaqiaqat, insoniyat ham ana shu azaliy qonuniyat
asosida yashaydi va
hayot kechiradi. Har qanday yangilanishning mazmun-mohiyati, namoyon bo‘lish
xususiyati shunday.
Davrlar o‘taveradi, zamonlar almashinaveradi. Bu yorug‘ olamga kelgan har
bir odamzod avlodi turli o‘zgarish va yangilanishlar sari boraveradi.
Shunday ekan, har bir inson o‘z kasbi mohiyatidan kelib chiqqan holda, zamon
bilan hamnafas yashab, o‘z tafakkurini islohotlar uyg‘unligi
bilan yangi fikr, yangi
g‘oyalar bilan bog‘lashi lozim.
Alloma bobomiz hazrat Alisher Navoiy ham o‘z zamonasining nidosi va
da’vatini ifoda etgan holda, ,,Emas oson bu maydon ichra turmoq…’’ deb
boshlanadigan misralarini bejiz bitmagan.
10
Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “Yangi O‘zbekiston
maktab ostonasidan
boshlanadi’’. Bu o‘z-o‘zidan biz ustoz va murabbiylarning yetarli bilim ko‘nikma va
malakalarimiz ko‘rsatkichiga bog‘liq. XXI asr bolasiga ta’lim va tarbiya berishda
o‘qituvchining o‘zi ham zarur bilim va ko‘nikmalar bilan qurollangan bo‘lishi lozim.
Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi , izlanishini talab qiladi.
XXI asr o‘quvchisi uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rgatuvchi model- 4 K
hisoblanadi. Inson yer yuzidagi jonzotlardan faqat bir jihati, yangi ong- tafakkuri va
fikrlashi bilan ajralib turadi. Fikri niyatiga mos bo‘lsa
va maqsadini aniq tushunsa,
har bitta odam o‘z taqdirini o‘zgartirishi mumkinligini, har qanday muammoni hal
qila olishini tushundim. Muvaffaqiyatning ham muvaffaqiyatsizlikning ham
poydevori fikr bo‘ladi.
Nimaga
kimdir muvaffaqiyatga erishadi, kimdir esa erisholmaydi? Ayol
bo‘lamizmi? Yoki erkak bo‘lamizmi? Onadan bir xil tug‘ilamiz , hammamiz ham
nimanidir orzu qilamiz. Lekin birorta ham bola hayotda omadsiz bo‘lishni
xohlamaydi. Ammo hayotda shunday bo‘ladi. Inson har qanday voqeylikdan ijobiy
tarafni topa olishi kerak.
Aksariyat odamalar maqsadlarga erishishning asosiy omili- ularni qog‘ozga
tushirishda deb o‘ylaydi. Preston Pugmirening: ,,Maqsadlarga erishish’’
qo‘llanmasida: ,,To‘g‘ri fikrlash-strategiyadan muhimdir’’ deya ta’kidlagan.
Maqsadlarga erishish uchun orzu, maqsad hamda
ishonch muhim ahamiyat kasb
etadi.
Biz shunday globallashuv va taraqqiyotga asoslangan erkin va farovon davrda,
o‘zida yuksak kuch va salohiyatli XXI asr bolasini tarbiyalashimizda, avvalo, bolada
to‘g‘ri fikrlash qobiliyatini shakllantirishimiz kerak.
XXI asr o‘quvchisi uchun zarur ko‘nikmalarni o‘rgatuvchi model- 4 K
hisoblanadi. Bugungi kunda,maktabda o‘quvchini hayotga tayyorash, bu
o‘quvchining ehtiyojini inobatga olmasdan tashkil etilmaydigan jarayon. Chunki ,
o‘quvchining ehtiyojlari ,
uning qobiliyatlari, ta’lim trayektoriyasini samarali
qurishga, ya’ni, o‘quvchini o‘qitish emas, uni o‘qishga o‘rgatish, ya’ni,
11
o‘quvchilarning imkoniyatlarini uning shaxsiy rivojlanishiga yo‘naltirish muhim
hisoblanadi.
Boshlang‘ich ta’limda 2023-2024-o‘quv yilida ilg‘or tajribasi yaratilgan yangi
darsliklarni o‘quvchi ongiga yetkazish uchun, o‘qituvchidan interaktiv metodlar talab
qiladi.
O‘qituvchilar o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni, jumladan, 4
K modeli
asosida ularda Kollabaratsiya, Kommunikatsiya, kritik fikrlash va kreativlikni
rivojlantirishga qaratilgan.
Ushbu 4 ko‘nikma bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.