33
Kreativ fikrlash:
O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi
yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion
yechimlarni
ishlab
chiqadilar va
ijodiy
muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kritik
(tanqidiy)
fikrlash:
Ushbu
metodologiya o‘quvchilarning
axborotni tanqidiy
baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish
ko‘nikmalarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy
nuqtayi nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi
nazarini shakllantiradi.
4K:
kollaboratsiya, kommunikativlik, kreativ fikrlash,
kritik fikrlash
ko‘nikmalari boshlang‘ich sinflarda balki darsdan tashqari mashg‘ulotlarda,
tadbirlarda, badiiy kechalarda, ko‘rik tanlovlarda shakllantirish mumkin. Buni biz
“Kamalak yulduzlari” ko‘rik tanlovi orqali ham ko‘rib chiqishimiz mumkin.
1- Chizma.“Kamalak yulduzlari” ko‘rik tanlovi yo‘nalishlari.
Mazkur tadbir orqali o‘quvchilarda kreativlik (ijodkorlik),
kritik fikrlash,
mantiqiy tafakkur kabi xususiyatlar shakllanadi.
Mazkur tadbirlardan ko‘zlangan maqsad, avvalo, mamlakatimizda Istiqlol
yillarida inson manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va
34
bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyatini mehnatkashlarga, ayniqsa,
yoshlar
ongiga yetkazish, ular qalbiga shukronalik tuyg‘ularini singdirishdir.
Xulosa o‘rnida aytishimiz mumkinki boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini har
tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda ko‘rik tanlovlarning o‘rni beqiyostir.
“Kamalak yulduzlari” ko‘rik tanlovi orqali ishtirokchi o‘quvchilarda quyidagi ijobiy
xususiyatlar shakllanadi:
-
o‘quvchilarning turli faoliyat turlariga qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari
va imkoniyatlarini aniqlash;
-
har bir bolaning maktabdan tashqari mashg'ulotlarning tanlangan yo'nalishi
bo'yicha rivojlanishi uchun sharoit yaratish;
-
o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari tizimini shakllantirish;
-
bolalarning ijodiy faoliyati tajribasini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish; -
bolalar
tomonidan olingan bilim, ko'nikmalarni amalga oshirish uchun sharoit
yaratish;
-
4K ko‘nikmalarini shakllantirish kabi natijalarga erishishimiz mumkin.